Bugun Navoiy viloyati hokimligi tantanalar zalida turli soha ilg‘orlari qatori Viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Sayyora Bekovaga o‘zining munosib mehnatlari uchun mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarimizni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissasi uchun "O‘zbekiston Konstitusiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni tantanali topshirildi.
Taqdirlash marosimida viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari T.Atamurodov ishtirok etdi.
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.