/ / "O‘zarxiv" agentligi direktori Ulug‘bek Mirtolibovich Yusupov «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan mukofotlandi.

"O‘zarxiv" agentligi direktori Ulug‘bek Mirtolibovich Yusupov «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan mukofotlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi IT-texnologiyalar, telekommunikasiyalar va innovasion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentiga biriktirilgan vazirlik va idoralar rahbarlari va departament xodimlarini "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi”  esdalik nishoni bilan mukofotlash tantanali marosimi o‘tkazildi.
Mamlakatimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini oshirishga katta hissa qo‘shayotgan, davlatimiz iqtisodiyoti va aholi farovonligini yuksaltirishda ibrat va namuna bo‘lib kelayotgan, jamiyatimizda tinchlik va barqarorlikni, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlash, yosh avlodni sog‘lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda alohida fidoyilik ko‘rsatayotgan yurtdoshlarimiz qatorida "O‘zarxiv" agentligi direktori Ulug‘bek Mirtolibovich Yusupov «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan mukofotlandi.
Esdalik nishoni tantanali ravishda  O‘zbekiston bosh vazirining maslahatchisi, IT-texnologiyalar, telekommunikasiyalar va innovasion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i Olimjon Umarov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!