Navoiy viloyatida 2014 yil 25-26 aprel kunlari “O’zarxiv” agentligining 2014 yil I-chorak yakunlariga bag’ishlangan kengaytirilgan Hay’at yig’ilishi
Navoiy viloyatiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O’zarxiv” agentligi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlarning arxiv ishi boshqarmalaridan kelgan "O’zarxiv”agentligining 2014 yil I-chorak yakunlariga bag’ishlangan kengaytirilgan Hay’at yig’ilishi hamda Respublika arxivchilarining amaliy seminari ishtirokchilariga 25 aprel kuni Navoiy viloyat davlat arxivining binosi va faoliyati bilan tanishtirildi. Bino o’zida 300 ming saqlov birligidagi hujjatlarni saqlash sig’imiga ega bo’lib, unda Navoiy viloyati arxiv ishi boshqarmasi va viloyat davlat arxivi faoliyat yuritib kelmoqda. Ma’muriy bino zamonaviy, barcha qulayliklarga ega tarzda qurilgan bo’lib, binoda har bir xodim uchun alohida xona, majlislar zali, kutubxona, tadqiqotchilar uchun ishlash xonalari, hujjatxonalar va ularga to’liq metall javonlar, hujjatlarga ilmiy-texnikaviy ishlov berish xonalari, fuqarolarni qabul qilish va ma’lumotlarni berish xonalari hamda boshqa qator qulayliklar yaratilgan.
SHu bilan birga, bino zamonaviy qo’riqlov tizimlari, yong’in bildirgichlar va vedio kuzatuv moslamalari bilan jihozlangan. Muassasada yaratilgan qulayliklar va ish jarayonlari bilan tanishuv nihoyasiga yetgach, binoning majlislar zalida "O’zarxiv” agentligining 2014 yil I-chorak yakunlariga bag’ishlangan kengaytirilgan Hay’at yig’ilishi kun tartibidagi masalalar yuzasidan o’z ishini boshladi.
I-chorak yakunlariga bag’ishlangan kengaytirilgan Hay’at yig’ilishi yakuniga yetgach Respublika arxivchilar seminari ishtirokchilarini Navoiy viloyatining muborak qadamjolaridan biri bo’lgan Nurota tumanidagi ko’hna "CHashma” ziyoratgohiga ekskursiya uyushtirildi va tuman davlat arxivi faoliyati bilan tanishtirildi.
2014 yil 26 aprel kuni buyuk mutafakkir hazrat Mir Alisher Navoiy ramziy haykali poyiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O’zarxiv” agentligi Bosh direktori, O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlarning arxiv ishi boshqarmalari boshliqlari, Respublika arxivchilarining o’quv-amaliy seminari ishtirokchilari hamda viloyat va shahar hokimligi ishtirokida gulchambarlar qo’yildi.
Shundan so’ng, viloyatning Navoiy shahridagi "Yoshlar markazi”ning majlislar zalida "O’zarxiv” agentligining "Arxiv hujjatlarini fondlashtirish va ularning xatlovini takomillashtirish masalalari: muammo va yechimlar” mavzusidagi Respublika arxivchilarining o’quv-amaliy seminari o’tkazildi. Seminarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O’zarxiv” agentligi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlarning arxiv ishi boshqarmalari va MAF hujjatlarini o’zida saqlash huquqi berilgan tashkilotlar, viloyat, shahar, tuman hokimliklarining, viloyatdagi yirik korxona va tashkilotlarning idoraviy arxivlarining mas’ul xodimlari hamda kasb-hunar kollejlarining "Arxivshunoslik va ish yuritish” guruhlarida tahsil olayotgan o’quvchilar qatnashdi. Unda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O’zarxiv” agentligi Bosh direktori A.Abdullayevning "Arxiv hujjatlarini fondlashtirish va ularning xatlovini takomillashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning borishi to’g’risida”gi axboroti eshitildi.
Mazkur seminarda sohaga oid mavjud muammolar va ularning yechimini topish bo’yicha amalga oshiriladigan tadbirlar samaradorligini yanada takomillashtirish masalalari, shuningdek, turli muammoli masalalar to’g’risida fikr yuritildi.
Jumladan, ilmiy-textnikaviy, shaxsiy kelib chiqish, kinofotofono hujjatlarining xatlovini takomillashtirish, hujjatlarning fondlashtirish holati va uning dolzarb masalalari hususida ma’ruzalar, bahs munozara, savol-javoblar tartibida bo’lib o’tdi.
Seminarda "Arxiv hujjatlarini fondlashtirish va ularning xatlovini takomillashtirish masalalari: muammo va yechimlar” mavzusi doirasida Respublikamiz miqiyosida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va yuzaga kelayotgan muammolar hamda ularni yechimlariga qaratilgan, amaliyotda sinalgan tajribalar xususida 15 dan ortiq ma’ruzalar anjuman qatnashchilarga yetkazildi. Mazkur seminarda arxiv hujjatlarini fonlashtirish masalasi borasida soha vakillarining oldida turgan vazifalari va undan ko’zlangan maqsadlari xususida qizg’in bahs-muzokaralar yuritildi.
SHu bilan birga, viloyat kas-hunar kollejlarining "Arxiv shunoslik va ish yuritish” guruhlarida tahsil olayotgan o’quvchilarning soha bo’yicha qiziqtirgan savollariga javoblar va mazmunli tavsiyalar olishdi. Bundan tashqari, seminar ishtirokchilari arxiv hujjatlarini fonlashtirish va ularning xatlovini takomillashtirishda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammoli vaziyatlarni bartaraf etishda qimmatli tafsiyalarga ega bo’ldilar.
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.