/ / / Arxiv hujjatlarini fondlashtirish va ularning xatlovini takomillashtirish masalalari: muammo va yechimlari

Arxiv hujjatlarini fondlashtirish va ularning xatlovini takomillashtirish masalalari: muammo va yechimlari

Arxiv hujjatlarini fondlashtirish va ularning xatlovini takomillashtirish masalalari: muammo va yechimlari

Arxiv hujjatlarini fondlashtirish va ularning xatlovini takomillashtirish masalalari: muammo va yechimlari

Navoiy viloyatiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O’zarxiv” agentligi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlarning arxiv ishi boshqarmalaridan kelgan "O’zarxiv”agentligining 2014 yil I-chorak yakunlariga bag’ishlangan kengaytirilgan Hay’at yig’ilishi hamda Respublika arxivchilarining amaliy seminari ishtirokchilariga 25 aprel kuni Navoiy viloyat davlat arxivining binosi va faoliyati bilan tanishtirildi. Bino o’zida 300 ming saqlov birligidagi hujjatlarni saqlash sig’imiga ega bo’lib, unda Navoiy viloyati arxiv ishi boshqarmasi va viloyat davlat arxivi faoliyat yuritib kelmoqda. Ma’muriy bino zamonaviy, barcha qulayliklarga ega tarzda qurilgan bo’lib, binoda har bir xodim uchun alohida xona, majlislar zali, kutubxona, tadqiqotchilar uchun ishlash xonalari, hujjatxonalar va ularga to’liq metall javonlar, hujjatlarga ilmiy-texnikaviy ishlov berish xonalari, fuqarolarni qabul qilish va ma’lumotlarni berish xonalari hamda boshqa qator qulayliklar yaratilgan.

Shu bilan birga, bino zamonaviy qo’riqlov tizimlari, yong’in bildirgichlar va vedio kuzatuv moslamalari bilan jihozlangan. Muassasada yaratilgan qulayliklar va ish jarayonlari bilan tanishuv nihoyasiga yetgach, binoning majlislar zalida "O’zarxiv” agentligining 2014 yil I-chorak yakunlariga bag’ishlangan kengaytirilgan Hay’at yig’ilishi kun tartibidagi masalalar yuzasidan o’z ishini boshladi.

I-chorak yakunlariga bag’ishlangan kengaytirilgan Hay’at yig’ilishi yakuniga yetgach Respublika arxivchilar seminari ishtirokchilarini Navoiy viloyatining muborak qadamjolaridan biri bo’lgan Nurota tumanidagi ko’hna "Chashma” ziyoratgohiga ekskursiya uyushtirildi va tuman davlat arxivi faoliyati bilan tanishtirildi.

2014 yil 26 aprel kuni buyuk mutafakkir hazrat Mir Alisher Navoiy ramziy haykali poyiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O’zarxiv” agentligi Bosh direktori, O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlarning arxiv ishi boshqarmalari boshliqlari, Respublika arxivchilarining o’quv-amaliy seminari ishtirokchilari hamda viloyat va shahar hokimligi ishtirokida gulchambarlar qo’yildi.

 

Shundan so’ng, viloyatning Navoiy shahridagi "Yoshlar markazi”ning majlislar zalida "O’zarxiv” agentligining "Arxiv hujjatlarini fondlashtirish va ularning xatlovini takomillashtirish masalalari: muammo va yechimlari" mavzusidagi ilmiy amaliy seminari ish boshladi.

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!