Navoiy Erkin industrial-iqtisodiy zonasi to’g’risidagi ma’lumotlar.
Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zonasi
Zamonaviy yuqori ishlab chiqaruvchanlikka ega xorijiy asbob-uskunalar va texnikalar, texnologik liniyalar va modullar, innovatsiya texnologiyalarini tatbiq etish hisobiga yuqori texnologik, dunyo bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlarning keng doirali turlarini ishlab chiqarish «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi (EIIZ) xo’jalik yurituvchi sub’ektlari faoliyatining asosiy yo’nalishi qilib belgilangan.
«Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi (EIIZ)ni tashkil qilish konsepsiyasidan va tanlangan ustuvorliklardan kelib chiqqan holda, «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi (EIIZ)da quyidagi tarmoqlar va yo’nalishlardagi korxonalar joylashtiriladi:
- elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish;
- telekommunikatsiya asbob-uskunalarini ishlab chiqarish;
- mashinasozlik, o’lchagich asbob-uskunalari va butlovchi qismlarni ishlab chiqarish;
- dori-darmon mahsulotlari va tibbiy jihozlarni ishlab chiqarish;
- oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlash;
- plastik va polimer buyumlarni ishlab chiqarish.
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.