/ / Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi ISO 9001:2015 va ISO 37001:2016 xalqaro sertifikatlarini oldi.

Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi ISO 9001:2015 va ISO 37001:2016 xalqaro sertifikatlarini oldi.


Adliya vazirligi huzuridagi "O‘zarxiv” agentligi ISO 9001:2015 sifat standarti bo‘yicha xalqaro sertifikat va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ISO 37001:2016 xalqaro sertifikatlarini oldi.

Ushbu sertifikatlar agentlik faoliyatining barcha yo‘nalishlarini qamrab oladi. ISO 900162015 sifat boshqaruvi tizimi bo‘yicha ish faoliyati jarayonlari va ularning natijasini baholash mezonlari ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, har yarim yillik yakuni bo‘yicha vazirlik ish faoliyati jarayonlari va ularning natijalari oldindan belgilangan mezonlarga ko‘ra baholab boriladi.ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikati korrupsiya holatlarining oldini olish, aniqlash, zarur choralarni ko‘rish hamda korrupsiya xavfini kamaytirishga yo‘naltirilgan maqbul va aniq mezonli chora-tadbirlarni nazarda tutadi. 

"O‘zarxiv” agentligi boshqaruv faoliyatiga ISO 9001:2015 hamda ISO 37001:2016 xalqaro standartlarini joriy etish bo‘yicha Siyosat ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etildi.

"O‘zarxiv” agentligi boshqaruv faoliyatiga "ISO 9001:2015 va ISO 37001:2016 xalqaro standartlari bo‘yicha boshqaruv tizimini ishlab chiqish” yuzasidan 2022 yil 22-25 noyabr kunlari o‘qitish kursi tashkil etilib, ushbu kursda 21 nafar tinglovchi ishtirok etib, o‘qish yakunida test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan xodimlarga tegishli sertifikatlar topshirildi.

"O‘zarxiv” agentligi faoliyatini ISO xalqaro standartlari talablari asosida sertifikatlashtirish maqsadida "CERT International” MChJ sertifikatlash auditi xizmati auditori A.Alimov tomonidan 2023 yil 25-27 aprel kunlari tashqi audit o‘tkazilib, tegishli xulosalar taqdim etildi. 

"O‘zarxiv” agentligining Arxiv ishi sohasi boshqaruvi – xalqaro standartlar talablariga muvofiq deb topildi.

Bugun 9 iyun "Xalqaro arxivlar kuni” ushbu sertifikatlar "O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupovga "CERT International” masu’llari tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

 

Bu boradagi kompleks ishlar hali davom etmoqda. Har yili mazkur sertifikatga muvofiqlik darajasi xalqaro tashkilotlar tomonidan audit qilib boriladi. 

Adliya vazirligi huzuridagi "O‘zarxiv” agentlinining korrupsiyaga qarshi siyosatida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni to‘liq amalga oshirish orqali arxiv muassasalarini korrupsiyasiz sohaga aylantirish ustuvor vazifalardandir.

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!