Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.
Matbuot anjumani
Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining "Inson qadri uchun” tamoyili asosida davlat arxivlarida 2021 yil davomida amalga oshirilgan islohotlar va 2022 yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Tadbir doirasida viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi va viloyat teleradiokompaniyasi o‘rtasida arxiv hujjatlari asosida turkum ko‘rsatuvlar tayyorlash yuzasidan kelishuv memorandumi imzolandi.
Tadbirda OAV vakillarining qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.
2021 yil davomida viloyatdagi arxivlar faoliyatini OAVda targ‘ib qilishda yaqindan yordam qilgan jurnalist, muxbir va blogerlar Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.