Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.
Ona tilim mening faxru g‘ururim!
Turkiy tillar ichra marjonim o‘zing,
Gavharim, durdonam onajon tilim.
Elimning tandagi jonisan o‘zing,
Senla oldim ziyo, urfon-u bilim.
Rivoj topsin deya ona tilimni,
Jon berib, jon kechgan qancha ajdodlar.
Zahmatlar evazi butun dunyoda,
O‘zbek tilda so‘zlar bugun avlodlar.
Hokisor onamning allasi bilan,
Qon bo‘lib kirgansan tomirlarimga.
Yurtimning sho‘x qo‘shiq, yallasi bilan,
Taralding Hind-u Chin, Pomirlariga.
Kuylasam Munojot, Mavrigilarni,
Jahonni sehrlar ohanging seni.
Navoiy, Qodiriy xazinalari,
Tuganmas tillo-yu boyligim meni.
Qadim o‘tmish, bugungi kunning sururin,
Bitib qo‘ydik tarix varaqlariga.
Ona tilim mening faxru g‘ururim,
Sazovorsan dunyo sharaflariga!
Navoiy viloyati davlat arxivi
I toifali arxivchisi D.A. Karimova