Sayyor qabul

"Oʻzarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan "Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshligʻining 2021-yilning II yarim yilligida shahar va tuman arxivlarida jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvali”ga muvofiq, 2021-yil 21-sentyabr kuni Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i S.Bekovaning Tomdi tumani davlat xizmatlari markazida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari bilan sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.
 
Muammolariga yechim izlab kelgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining murojaatlari o‘rganilib chiqildi, ularga arxiv ishi va ish yuritish sohasida yuridik maslahatlar berildi hamda murojaatlar hududdagi mutasaddi rahbarlarga yetkazilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.
 

Ma'lumot o'rnida:

Tomdi tumani —1927 yil 3 iyulda tashkil etilgan bo‘lib, viloyat markazidan 350 km masofada joylashgan.

Janubdan Konimex, Nurota tumanlari, shimoldan Qozogʻistonning Qiziloʻrda, sharqdan Janubiy Qozogʻiston viloyatlari, janubiy-sharqdan Jizzax viloyati, gʻarbdan Uchquduq tumani bilan chegaradosh. Maydoni 42,4 ming km². Tumanda 7 qishloq fuqarolar yigʻini (Keregetov, Koriz, Oqquduq, Oqtov, Soʻkitti, Tomdibuloq, Sheli) bor. Tuman markazi — Tomdibuloq qishlogʻi. 


Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!