/ / IKKINCHI OʻQISHDA QONUN QABUL QILINDI.

IKKINCHI OʻQISHDA QONUN QABUL QILINDI.

2020-yil 14-oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining videokonferens aloqa tarzidagi navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Mazkur yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasining "Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi ham muhokama etildi.   
Unga koʻra, "Arxiv ishi” toʻgʻrisidagi qonuniga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga asosan bir qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Jumladan, qonunchilikka Milliy arxiv, Markaziy davlat arxivi, viloyat, tuman (shahar) davlat arxivlari tushunchalari kiritildi.
Shuningdek, arxiv binolaridan samarali va maqsadli foydalanish uchun qonunga ularni begonalashtirmaslik tushunchasi kiritilib, Milliy arxiv fondi hujjatlarining saqlanishi kafolatlandi.
Eng muhimi Milliy arxiv fondini oʻzlarida saqlash huquqiga ega boʻlgan davlat boshqaruv organlari, idoralarda "Tarmoq davlat arxivi” tashkil etish mumkinligi qonun bilan belgilab berildi.

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!