2020 yilning 15 dekabr kuni Qatag‘on qurbonlarini aniqlash, ularning hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlarni o’rganish ishlarini tashkil etish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi a’zosi va aynan Navoiy viloyatiga biriktirilgan vakil, O‘zbekiston Respublikasi "O‘zarxiv” agentligi direktori Yusupov Ulug‘bek Mirtolipovich viloyat "Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi ekspozitsiyalari, unda aks etgan xotiralar va ashyolar bilan tanishdi va ilmiy-ishchi guruh xodimlari bilan uchrashdi.
Shundan so‘ng, Navoiy davlat pedagogika instituti tuzilmasidagi "Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi direktori X.Qurbonov rahbarligida institutda tashkil qilingan ilmiy-ishchi guruhbilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Hozirga qadar 1937-1938 yillar "Qatag‘on qurbonlari” haqidagi kitobni yakunlab, respublika ishchi guruhiga topshirilgan.
Endilikda 1931-1936 yillar ustida ishlanyapti.
Xatirchi, Nurota, Karmana, Qiziltepa, Konimex tuman davlat arxivlaridagi hujjatlar o‘rganilmoqda.
Shu kunga qadarXatirchi tumanidan – 300 dan ortiq quloq xo‘jaliklar aniqlandi. O‘rganish davom etmoqda, (taxminimiz 800 ga yaqin)
Nurota tumanidan – 300 dan ortiq quloq xo‘jaliklari aniqlandi. (jumladan, bu davrga oid 15 ta yig‘ma jild tahlil qilinmoqda.).
Karmana tumanidan – 300 dan ortiq taxmin qilinmoqda (18 ta yig‘ma jild o‘rganilmoqda, 150 tasi ro‘yxatga olindi).
Qiziltepa va Konimex arxivlaridan ma’lumotlar olinmoqda.
Umuman 1930-1936 yillarda Navoiy viloyatidagi tumanlarda 1500 dan ortiq quloq xo‘jaliklarini aniqlash taxmin qilinmoqda.
Ma’lumot uchun "Qatag‘on qurbonlari xotirasi" muzeyi fondida qatag‘onlar jarayonlariga oid:
Kitoblar – 40 dan ortiq
Arxiv hujjatlar nusxalari – 300 betdan ortiq
O‘sha davrga oid arab imlosidagi kitoblar – 8 ta
Qatag‘on bo‘lgan yurtdoshlar haqida ma’lumot va suratlar – 50 dan ortiq
O’sha davrlarga oid osori-atiqalar (uy-ro‘zg‘or buyumlari, kiyimlar) – 80 dan ortiq
Sovetlar davriga tanga va pullar – 50 dan ortiq
Navoiy viloyatining qadimgi davriga oid ashyolar – 10 dan ortiq
Kartina va suratlar – 10 dan ortiq
Sovetlar hukmronligi yillariga oid rasmiy matbuot – 50 sahifaga yaqin
Chor Rossiyasi va sovetlar hukmronligi yillariga oid suratlar (uylar, aholi turmushi, surgun jarayonlari, qatag‘onlar, tabiat va b. ) – 10 dan ortiq
Mustaqillik davriga oid suratlar – 50 dan ortiq
Qatag‘onlik davriga oid videoroliklar – 10 ga yaqin ekspozitsiyalar saqlanmoqda.
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.