Joriy yil14 dekabr kuni Navoiy viloyatiga xizmat safari davomida "O‘zarxiv" agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Xatirchi tumani davlat arxivi va shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlarining bugungi kundagi holatini o‘rgandi.
Shundan so‘ng U.Yusupov Xatirchi tumani hokimi Aliyev G‘ofir Quvvatovich bilan uchrashdi.
Iliq va do‘stona olib borilgan suhbatda ikki rahbar tumanda arxiv ishi va ish yuritishga bo‘lgan ijobiy e’tibor, Xatirchi tuman davlat arxiviga foydalanish uchun bino ajratish va yangi bino qurish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Shundan so‘ng birgalikda davlat arxivi uchun taklif etilayotgan bino va yangi bino qurilishi uchun ajratilishi rejalashtirilayotgan hududlar bilan tanishdilar.
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.