Bugun O‘zbekiston Respublikasi "O‘zarxiv” agentligida karantin qoidalariga amal qilgan holda masovafiy online tarzda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M.Umarov ishtirok etdi.
Hukumat qaroriga (454-son, 27.07.2020 y.) asosan Sherzod Gayratovich Sadikov O‘zbekiston Respublikasi "O‘zarxiv” agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Sh.Sadikov ushbu lavozimga o‘tishga qadar Toshkent shahar Arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelgan.
"O‘zarxiv” agentligi direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan D.L.Kucharova Agentlikning tegishli bo‘yrug‘iga ko‘ra Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
"O‘zarxiv” agentligi Sherzod Gayratovich Sadikovning kelgusi ish faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.