"O’zarxiv" agentligining 2020 yil 7 yanvardagi 8sh-son buyrug’i ijrosini ta’minlash yuzasidan 2020 yil 22 yanvar kuni Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxiv muassasalari rahbar va xodimlari attestatsiyadan o’tkazildi. Attestatsiyada "O’zarxiv" agentligi mas’ul xodimi O.Suyunov, viloyat hokimligi vakili O.Nurmamatov, Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Navoiy shahar Kengashi raisi H.Razaqov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi mutaxassisi A.Narziyev va Bandlik bosh boshqarmasi vakili A.Abdiyevlar ishtirok etdi. Attestatsiya jarayonida shaffoflikni ta’minlash maqsadida video va ovoz yozish moslamalari yordamida yozib olindi. Rus va qozoq millatiga mansub xodimlarga qulaylik yaratish maqsadida suhbat jarayoni tarjimonlar ishtirokida o’tkazildi. Attestatsiyadan barcha rahbar va xodimlar muvaffaqiyatli o’tdi.
Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati.
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.