/ / / KORRUPSIYA – SOHAGA VA JAMOAGA XIYONAT.

KORRUPSIYA – SOHAGA VA JAMOAGA XIYONAT.

KORRUPSIYA – SOHAGA VA JAMOAGA XIYONAT.

Karmana tumani hokimining 2016 yil 27 iyundagi 01-05/38-son tavsiya xatiga asosan 2016 yil 28 iyunda Karmana tumani davlat arxivi direktori lavozimiga tayinlangan E.H. tomonidan davlat arxivi xodimini vazifasini o’zgartirishni va’da qilib 2 mln. so’m miqdordagi pullarni ta’magirlik yo’li bilan pora tariqasida olayotgan vaqtda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Navoiy viloyati boshqarmasi va Karmana tumani bo’limi xodimlari tomonidan 2019 yil 7 sentyabr kuni o’zining xizmat xonasida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Jinoyat ishlari bo’yicha Navoiy viloyati Karmana tamani sudi tomonidan JKning 210-moddasi 2-qismi "v” bandida nazarda tutilgan jinoyat sodir etganligida aybli deb topilib, JKning 57- moddasi asosida 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasidatizimdagi arxiv muassasalari rahbar va xodimlari ishtirokida navbatdan tashqari yig’ilish bo’lib o’tdi. Bugungi kunda Davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda korrupsiyani oldini olish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar, mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash borasidagi islohotlar izchillik bilan amalga oshirilayotgan bir vaqtda mansabdor shaxslarni ushbu turdagi jinoyatni sodir etishi mamlakatimizda olib borilayotgan siyosatga nisbatan xalq ishonchini yo’qotishining sabablaridan biri sifatida qayd etildi. SHuningdek, Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining viloyatda arxiv sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirayotgan ishlari Respublika arxiv muassasalariga na’muna sifatida e’tirof etilayotgan bir vaqtda, Karmana tumani davlat arxivida qayd etilgan ushbu korrupsion holat viloyat arxivchilar jamoasining yuziga "qora dog’” kabi tamg’a bo’lganligi alohida ta’kidlandi. Yig’ilishda korrupsion illatlarga qarshi kurashish borasida keskin chora-tadbirlar belgilanib, kelgusida ish beruvchi va xodimlar o’rtasidagi munosabatlarni shaffofligini oshirish maqsadida davlat arxivlarida yuzaga kelgan vakant ish o’rinlari to’g’risida ma’lumotlarni vaqtli matbuot xizmati hamda Boshqarmaning rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilib borish hamda vakant o’rinlar uchun nomzodlarni maxsus komissiya ishtirokidagi konkurs bilan mehnat qonunchiligida belgilan tartiblar asosida ishga qabul qilish kabi qator topshiriqlar berildi.

  

Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi matbuot xizmati.

 

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!