2019 yil 5-6 noyabr kunlari Surxondaryo viloyati Termiz shahrida O’zbekistonda davlat arxivlari tizimi tashkil topganining 100 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlari bo’lib o’tdi.
O’tkazilgan tadbirlar davomida"Media maydonda tarixiy tadqiqotlar va arxivshunoslik integratsiyasi” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya ham o’tkazildi. Konferensiyada yurtimiz va xalqaro olimlarning arxiv sohasidagi muhim soha va yo’nalishlar xususida ma’ruzalar qilishdi.
Tadbirlar davomida zamonaviy arxitektura talablari asosida qurilgan va shu kundan foydalanishga topshirilgan Surxondaryo viloyati davlat arxivining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Ochilish marosimida 10 ga yaqin davlatlardan tashrif buyurgan mehmonlar, Respublika arxiv muassasalari rahbar va xodimlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Tadbir ishtirokchilari faoliyat olib borish uchun yaratilgan sharoitlar va zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalari, hujjatlarni xavfsiz saqlash uchun ta’minlangan jixozlar bilan yaqindan tanishdilar.
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.