O’zbekistonda arxiv tizimining tashkil etilganligiga 100 yil to’ldi.
"O’zarxiv” agentligining 2019 yil 7 avgustdagi "O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2019 yil 5 avgustdagi "O’zbekistonda davlat arxivlari tizimini tashkil topganligining 100 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish bo’yicha 08/1-220-son chora-tadbirlar rejasi” to’g’risidagi 146-son buyrug’i ijrosi yuzasidan O’zbekistonda arxiv tizimining tashkil etilganligini 100 yilligi munosabati bilan sohani targ’ib qilish, keng ommaga sohada olib borilayotgan islohotlarni yoritish maqsadida viloyatda faoliyat yuritayotgan OAV vakillari, viloyat korxona va tashkilotlar idoraviy arxivlari xodimlari va arxiv muassasalari xodimlari ishtirokida 2019 yil 18 oktyabr kuni Navoiy viloyati davlat arxivi binosida Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
Tadbirda arxiv muassasalari xodimlari va mehnat fahriylari, viloyat korxona va tashkilotlar idoraviy arxiv xodimlari arxiv sohasiga qo’shgan munosib hissasi va O’zbekistonda arxiv tizimi tashkil topganligining 100 yilligi munosabati bilan Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi "Faxriy yorlig’i” hamda "Boshqarma boshlig’i Tashakkurnomasi” bilan taqdirlandilar.
Tadbir doirasida O’zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi Navoiy viloyati bo’limi, Navoiy viloyatimatbuot va axborot boshqarmasi, Navoiy viloyatihokimligi axborot xizmati va viloyatda faoliyat yuritayotgan OAV vakillari bilan matbuot anjumani-brifing o’tkazildi.
Anjumanda Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig’i tomonidan Navoiy viloyatida arxiv tizimini tashkil etilishi, rivojlanish bosqichlari, kelajakda tizimni rivojlantirish borasida qilinishi lozim bo’lgan istiqbolli rejalar to’g’risida tadbir ishtirokchilariga batafsil ma’lumot berildi. Matbuot anjumanida arxiv muassasalari bilan korxona, tashkilotlar o’rtasidagi hamkorlik masalalari va kelgusida arxiv sohasida amalga oshirilishi ko’zda tutilgan rejalar xususidagi OAV vakillarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislari tomonidan javob berildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarni viloyat davlat arxivi faoliyati bilan tanishtirish maqsadida ekskursiya va viloyat arxiv muassasalari saqlovidagi hujjatlar va viloyat tarixiga oid suratlar asosida "Moziyga nazar” mavzusida ko’rgazma tashkil etildi.
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.