"O'zarxiv" agentligi Bosh direktori o'rinbosari D.Kucharovaning Navoiy viloyatiga tashrifi!
Kunning ikkinchi yarmida viloyat davlat arxivi binosida viloyat arxiv muassasalari yoshlari bilan uchrashuv o’tkazildi. Uchrashuvda soha rivojida yoshlar ishtirokini oshirish borasida qizg’in davra suhbati o’tkazildi. D.Kucharova tomonidan viloyatda yoshlarning amalga oshirayotgan ishlari munosib baholandi, o’z navbatida yoshlar ham rahbariyat ishonchi oqlash borasida hamda sohani rivoji uchun bor kuch g’ayratini ayamasligini ta'kidlashdilar.
Shundan so’ng, D.Kucharova jo’nab ketish oldidan Navoiy shahar xo’jalik hisobidagi shaxsiy tarkib arxivining yangi qurilayotgan arxiv binosi bilan tanishdi va rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqib tegishli ko’rsatma va tavsiyalar berdi.
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.