Аrxiv sohasida hamkorlik.
2019 yil 30 may kuni Toshkent viloyati Qibray tumani
maishiy xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji binosida Toshkent viloyati arxiv
ishi hududiy boshqarmasi tashabbusi bilan "O’zarxiv” agentligi Hay'atining 2019
yil 3 maydagi kengaytirilgan sayyor yig’ilishi 1-son Bayonnomasining 23-bandi
ijrosini ta'minlash maqsadida, Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi
bilan hamkorlikda Toshkent viloyati davlat arxivlari xodimlari ishtirokida
"Аrxiv hujjatlarining mavjudligi va holatini teshirish” ishlarini olib borish
masalasiga bag’ishlangan amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda Toshkent
viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi barcha arxiv muasassalari
rahbar va xodimlari hamda Respublika Markaziy davlat arxivlari mas'ul xodimlari
ishtirokida mavzuga bag’ishlangan o’quv-amaliy seminar bo’lib o’tdi.
O’quv-amaliy seminarda Navoiy viloyati arxiv ishi
hududiy boshqarmasi boshlig’i S.Bekova "Аrxiv hujjatlarining mavjudligi va
holatini tekshirish”, "Аrxiv hujjatlarini hisobini olib borish, Fondlashtirish
va qayta fondlashtirish” mavzularida ma'ruza qildi. Shuningdek, Navoiy viloyati
davlat arxivi direktori Sh.Xoliqulov o’z amaliy tajribasidan kelib chiqib, ishtirokchilarga arxivda hisob hujjatlarini
yuritish, fondlashtirish va qayta fondlashtirish bilan bog’liq mavzuda o’z
tajribasi bilan o’rtoqlashdi.
Shundan so’ng,
tinglovchilar ishtirokida amaliy mashg’ulotlar o’tkazilib, hisob hujjatlariga
o’zgartirish kiritish ishlari amalda bajarildi.
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.