/ / / Navoiy viloyati davlat arxivida davra suhbati tashkil etildi.

Navoiy viloyati davlat arxivida davra suhbati tashkil etildi.

Navoiy viloyati davlat arxivida davra suhbati tashkil etildi.

Navoiy viloyati davlat arxivida davra suhbati tashkil etildi.

Navoiy viloyati davlat arxivida 2018 yil 20 iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarix instituti katta ilmiy xodimi tarix fanlari nomzodi Sh.M.Raxmatullayev bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Mazkur uchrashuv davomida "Mustaqillik yillarida O’zbekistondagi ijtimoiy iqtisodiy jarayonlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida Samarqand davlat universiteti, Navoiy davlat pedagogika institutining turli darajadagi ilmiy xodimlari va Navoiy viloyati  davlat arxivining xodimlari ishtirok etishdi.

Mavzu doirasida arxiv hujjatlarining tarixni o’rganishdagi beqiyos va muhim manba sifatida  qaralishi barcha ishtirokchilarning e’tibor markazida bo’ldi.

Shuningdek, davlatimizda olib borilayotgan so’ngi yillardagi ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarning davlat va jamiyat rivojining buyuk yuksalishga olib chiqishida dastur-ul amal bo’lib xizmat qilayotganligi davra suhbatining asosiy me’zoniga aylandi. Davra suhbati alohida faktlarga tayangan holda va hayotiy, xalqchil hamda samimiy ruhda olib boorilganligi sababli juda qizg’in munozaraga boy tarzda o’tkazildi. 

 

 

Navoiy viloyati davlat arxivi

matbuot xizmati xodimi                                                       M.Quvondiqov

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!