O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O’zarxiv” agentligi Bosh direktori A’lamov Umidjon Baxtiyarovichning Navoiy viloyatiga rasmiy tashrifi davomida viloyat markazidagi arxiv muassasalari faoliyati bilan tanishdi.
Navoiy shahar xo’jalik hisobidagi shaxsiy tarkib hujjatlari arxivining faoliyati bilan tanishib, shaxsiy tarkib hujjatlari arxivining ishlab topilgan mablag’lari hisobidan qurilayotgan yangi binosida bo’ldi. Bino qurilishi yuzasidan o’z taklif va mulohazalarini bildirdi.
Viloyat davlat arxivi va Karmana tumani dalat arxivlarida bo’lib, ushbu arxiv muassasalarining faoliyati bilan yaqindan tanishib, soha vakillari bilan bo’lgan davra suhbatlarida arxiv ishini yanada takomillashtirish hususida o’z fikr va mulohazalarini bildirdi.
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.