Joriy yilning 7-8 sentyabr kunlari Navoiy viloyati hokimligining tashabbusi bilan viloyat boshqarma, tashkilot va muassasalarda kadrlar, ish yuritish va ijro intizomi bo’yicha mas’ul xodimlarining bilim, malaka va ko’nikmalarini oshirish bo’yicha o’quv seminari bo’lib o’tdi.
Mazkur o’quv seminarda korxona, tashkilot va muassasalardan jami 150 (bir yuz ellik) nafardan ortiq kadrlar, ish yuritish va ijro intizomiga mas’ul xodimlari o’z malakasini oshirib qaytdilar.
Seminarda Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig’i Bekova Sayyora Saidovna ham "Ish yuritish va arxiv sohasini rivojlantirish” mavzusi bilan qatnashdi. SHuningdek o’quv seminarda Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining kadrlar, ish yuritish va ijro intizomiga mas’ul xodimlari malaka oshirdilar.
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.