Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi arxiv muassasalarida 2017 yil 11-12 mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi.
Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjixatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, mahallalar, aholining turar joylarini obodonlashtirish, Respublikaning barcha hududlarida sanitariya holatini yaxshilash hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 martdagi 208-f-son qarori hamda “O‘zarxiv” agentligining joriy yil 3 mart 7-AF-son farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining 2017 yil 9 martdagi 25-son buyrug‘i qabul qilinib, 2017 yil mart-aprel oylarida obodonlashtirish va tozalik oyligi hamda 11-12 mart kunlari umumxalq xayriya hasharini uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Barcha xodimlar ogohlantirilib, chuqur tushuntirish ishlari olib borildi.
Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi hamda uning tizimidagi arxiv muassasalarida hududning tuproq, iqlim sharoitiga mos keladigan daraxtlarning turlarini aniqlab, manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari, qalamchalarini ekilishini tashkil etish, talab qilingan manzarali va mevali daraxtlarni etkazib beruvchi o‘rmon xo‘jaligi va boshqa ko‘chat etishtiruvchilar bilan shartnomalar tuzilishini va o‘z vaqtida sifatli ko‘chatlar etkazib berilishini, daraxt va gul ko‘chatlari belgilangan agrotexnika qoidalariga asosan sifatli ekilishini ta’minlash bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi.
-arxiv bonolarining ta’mirtalab qismlari ta’mirlandi, devorlar va daraxtlarga shakl berilib oqlandi;
- arxiv binolarining yon atroflaridagi er maydonlariga ishlov berildi, erlar ag‘darildi va daraxtlar taglari yumshatildi;
- qarovsiz yotgan erlarga ko‘chatlar va gullar ekish va boshqa obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi;
- ekilgan daraxt ko‘chatlari, gulzorlarni mavsum davomida parvarishlash, sug‘orish, issiq kunlardan saqlash, zararkunandalardan himoya qilish, shakl berish kabi agrotexnik tadbirlar rejasi ishlab chiqildi;
- arxivlarning ichki hududi va yon atrofi zonalarga ajratildi va ularga ekilgan daraxtlar va gulzorlarni mavsum davomida parvarishlash, sug‘orish, issiq kunlarda saqlash, shakl berib borish yuzasidan xodimlar mas’ul etib biriktirildi.
- mumxalq xayriya hashari munosabati bilan boshqarma hamda uning tizimidagi arxiv muassasalarining 77 nafar xodimlari ishtirok etishdi va xodimlarining bir kunlik ish haqi miqdorida jami 2 023 725 so‘m mablag‘ “Mahalla” xayriya jamoat fondi Navoiy viloyat bo‘limi hamda uning joylardagi tuman, shahar bo‘limlari hisob raqamlariga ko‘chirib berilmoqda.
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.