Nurota tumani davlat arxivining tashabbusi bilan Nurota tuman Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limning 2017 yil 14 fevraldagi pedagogika kengashida «Nurota tumani ta’lim muassasalaridagi idoraviy arxivlar faoliyatini yuritish va idoraviy arxivlardagi saqlash muddati o‘tgan hujjatlarni davlat saqloviga topshirish chora – tadbirlarini belgilash haqida» gi masala ko‘rib chiqildi. Pedagogika kengashida 58 ta o‘rta ta’lim maktablarining direktorlari va o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari, 3 ta maktabdan tashqari va 12 ta maktabgacha tarbiya muassasalari rahbarlari, jami
148 kishi ishtirok etdi.
Ko‘rilgan masala yuzasidan tuman ta’lim muassalari rahbarlariga idoraviy arxivlar ishini talab darajasida yo‘lga qo‘yish, arxiv ishi yuklatilgan xodimlarning ma’suliyatini oshirish, idoraviy arxivlar hujjatlari saqlovini me’yoriy talablar asosida tashkil etish, idoraviy arxivda saqlov muddati o‘tgan xujjatlarni tuman davlat arxivi saqloviga topshirish chora-tadbirlarini zudlik bilan amalga oshirilishini ta’minlashlari yuzasidan tavsiya va takliflar berildi.
Shuningdek, «Arxiv ishi to‘g‘risida»gi Qonun talablarini buzganlik uchun 2017 yil 01 martdan kuchga kiradigan «Ma’muriy javobgarlik kodeksi»ning 215-prim. 4- moddasiga kiritilgan o‘zgartish to‘g‘risida tushuntirish berildi.
Pedagogika kengashida ko‘rilayotgan masala ochiq muloqot va savol-javob tariqasida muxokama qilinib, unda tumandagi 55- son maktab direktori A.SHokirov, 36- son maktab direktori N. Xo‘jamov, 57- son maktab o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, arxiv ishi uchun ma’sul N.Bozorovlar o‘z fikr- mulohazalari va takliflarini bildirishdi.
Muhokama yakuni bilan pedagogika kengashining tegishli qarori qabul qilindi.
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.