/ / Konimex tumani davlat arxivi uchun berilgan binoda tamirlash ishlari olib borilmoqda.

Konimex tumani davlat arxivi uchun berilgan binoda tamirlash ishlari olib borilmoqda.

Konimex tumani davlat arxivi uchun berilgan binoda tamirlash ishlari olib borilmoqda.Konimex tumani davlat arxivi binosi ta’mirtalabligini inobatga olib, Konimex tumani hokimining 2016 yil 3 maydagi F-25-son farmoyishiga asosan Bunyodkor ko’chasi 9-uy tuman markazida joylashgan ikki qavatli 11 xonadan iborat, yer uchastkasi 600 kv.m., umumiy maydoni 587,9 kv.m bo’lgan bino  tuman davlat arxivining balansiga bepul berildi

  Shuningdek, viloyat hokimi tomonidan binoni ta’mirlash uchun 50 mln. so’m mablag’ ajratildi va binoni joriy ta’mirlash uchun nuqsonlar dalolatnomasi (defektniy akt) qilinib, ekspertizadan o’tkazilib, birjaga e’lon berildi.

Joriy yilning 5 avgustidan “Zarangari kapital ekspres” MCHJ tomonidan Konimex tumani davlat arxivining yangi binosining qurulish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Xozirgi kunda Konimex tumani davlat arxivini yangi binosining old va yon tomonlari fasadi tamirdan chiqarildi. Pudratchilar tomonidan hozirda binoning tashqi qismi to’liq shkaturkalandi, Akfa eshik va romlari o’rnatildi, binoning tepa qismiga fon berildi hamda hozirda tamirlash ishlari davom etmoqda.

Sh.Xoliqulov

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!