2016 yil 28 iyul kuni Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmaning 2016 yil I-yarim yillik yakunlariga bag’ishlangan kengaytirilgan Direksiya yig'ilishi bo'lib o'tdi. Direksiya yig’ilishida Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining Direksiya a’zolari, viloyat arxiv muassasalari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.
Yig’ilishda - “O’zarxiv” agentligining 2016 yil 22 iyuldagi I-yarim yilligi yakunlariga bag’ishlangan kengaytirilgan Hay’at yig’ilishida ko’rilgan masalalari to’g’risida.
Navoiy viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimida 2016 yil I-yarim yilligidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va viloyat arxiv muassasalarining 2016 yil iqtisodiy dasturining muhim va ustuvor vazifalarini amalga oshirilishini so’zsiz ta’minlash choralari to’g’risida.
Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxiv muassasalarida O’zbekiston Respublikasi “Elektron hukumat to’g’risida” gi 2015 yil 9 dekabrda qabul qilingan Qonuni ijrosini ta’minlanishi, AKTni joriy etilishi va axborot xavfsizligining ta’minlanish holati to’g’risida.
Viloyat arxiv muassasalarida o’tkazilgan maqsadli o’rganishlar natijalari to’g’risida.
Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxiv muassasalarida korrupsion illatlarning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish holati to’g’risida.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, shu jumladan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan kelib tushgan murojaatlar ijrosi hamda viloyat arxiv muassasalarida ijro intizomining holati to’g’risidagi masalalar ko’rib chiqildi. Direksiya kun tartibiga qo’yilgan masalalar bo’yichi tegishli qarorlar qabul qildi.
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.