Farg’ona shahrida “Biz 25 yoshdamiz” shiori ostida “Respublika arxivchilar forumi” o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligini munosib kutib olishni ta’minlash yuzasidan qabul qilingan Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2016 yil 30 maydagi 50-son bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, yosh arxivchilarni vatanparvarlik va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning soha bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish, intelektual salohiyatlarini rivojlantirish, mamlakatimiz yoshlari o‘rtasida do‘stlik, ahillik va mehr-oqibat tuyg‘ularini yanada kamol topishi uchun zamin yaratib berish maqsadida “O‘zarxiv” agentligi tomonidan Farg‘ona shahrida 21-22 iyul kunlari “Biz 25 yoshdamiz” shiori ostida “Respublika arxivchilar forumi” o‘tkazildi. Forumda Navoiy viloyati davlat arxivining ikki nafar yosh arxivchisi ishtirok etib, faxrli o’rinlarni egallab qaytishdi.
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.