“O‘zarxiv” agentligining 2016 yil 22 apreldagi 4-AF-son farmoyishiga asosan Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxiv muassasalarida ishlar namunali yo’lga qo’yilgan bo’lib, ularning amaliyotini Respublikaning barcha davlat arxivlarida keng qamrovli va samarali joriy etish, fondlashtirish va qayta fondlashtirish ishlarini yagona tartibda sifatli olib borish, fondlardagi o’zgarishlarini fond kartochkalarda to’g’ri aks ettirish va Respublikada fond katalogi hamda davlat katalogiga aniq ma’lumotlar kiritishni ta’minlash yuzasidan 2016 yilning 19-20 may kunlari Urganch shahrida “Davlat arxivlarida fondlashtirish va qayta fondlashtirish hamda Respublika fond katalogi va Davlat katalogiga ma`lumot kiritish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Seminar-treningda Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatining arxiv muassasalaridan 60 nafar rahbar va mutaxassislar qatnashdilar.
Keng muhokama va bahs munozaralar asosida o’tkazilgan seminar-trening ishtirokchilarda kata taassurot qoldirdi.
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.