“O‘zarxiv” agentligining 2016 yil 22 apreldagi 4-AF-son farmoyishiga asosan Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxiv muassasalarida ishlar namunali yo’lga qo’yilgan bo’lib, ularning amaliyotini Respublikaning barcha davlat arxivlarida keng qamrovli va samarali joriy etish, fondlashtirish va qayta fondlashtirish ishlarini yagona tartibda sifatli olib borish, fondlardagi o’zgarishlarini fond kartochkalarda to’g’ri aks ettirish va Respublikada fond katalogi hamda davlat katalogiga aniq ma’lumotlar kiritishni ta’minlash yuzasidan 2016 yilning 12-13 may kunlari Andijon viloyatida “Hududlardagi davlat arxivlarida fondlashtirish va qayta fondlashtirish hamda Respublika fond katalogi va Davlat katalogiga ma’lumot kiritish” mavzusida seminar trening bo`lib o`tdi. Seminar-treningda Andijon, Farg’ona va Namangan viloyatlaridan 80 ga yaqin rahbar va mutaxassislar qatnashib o’zlarini qiziqtirgan muammoli savollari yuzasidan tegishli tafsiyalar olishdilar.
Shuningdek, seminar-trening yakunida trening ishtirokchilari o’rtasida test savollari va amaliy mashgulotlar asosida bellasuvlar tashkil etilib g’olib jamoalar tashkilotchilarning estalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.