Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasida bayram shukuhi
8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami ko’taranki kayfiyatda o’tkazildi
Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimida arxiv muassasalarida faoliyat yuritib kelayotgan xotin-qizlarni huquqiy va shaxsiy madaniyatini yuksaltirish, huquqiy ongini hamda sohaga oid bilimlarini oshirish hamda 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayramini ko’taranki kayfiyatda o’tkazish maqsadida joriy yilning 14 mart kuni arxiv muassasalari o’rtasida “Balli qizlar” bellashuvi o’tkazildi. Tadbir natijasiga ko’ra g’olib chiqqan arxiv muassasalari xodimalariga diplomlar va qimmatbaho sovg’alar topshirildi.
Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasida Navro’z bayrami ko’tarinki ruhda nishonlandi.
Navro’z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko’rish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo’lgan o’zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada ko’chaytirish hamda “Sog’lom ona va bola yili” Davlat dasturida ko’zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida joriy yilning 18 mart kuni Arxiv ish hududiy boshqarmasi tizimidagi arxiv muassasalari xodimlari o’rtasida erkaklar uchun stol tennisi, xotin-qizlar uchun shaxmat va shashka sport o’yinlari o’tkazildi. O’tkazilgan sport o’yinlari natijalariga ko’ra faxrli 1,2,3-o’rinni egallagan g’olib va g’olibalarga medal, diplom va estalik sovg’alari topshirildi.
“Sog’lom ona va bola yili” Davlat dasturi vazifalari amalda
Navro’z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko’rish, arxiv muassasalarida faoliyat yuritib kelayotgan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida boshqarma tizimidagi arxiv muassasalari o’rtasida “Milliy taomlar” bellashuvi o’tkazildi. Bellashuv natijasiga ko’ra faxrli o’rinlarni egallagan arxiv muassasalariga qimmatbaho sovg’alar topshirildi. “Sog’lom ona va bola yili” Davlat dasturida ko’zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida arxiv muassasalarining ishlab topilgan mablag’lari hisobidan jami 1 mln. 356 so’m mablag’ sarflandi.
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.