Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasida joriy yilning 27 noyabr kuni Boshqarma ekspert tekshiruv komissiyasi (ETK)ning navbatdagi yig’ilishi o’tkazildi. Yig’ilishda arxiv muassasalari direktorlari IV-chorakda ETKdan o’tkazilishi rejalashtirilgan hujjatlarni ETKda kelishish va tasdiqlatish uchun muhokamaga kiritishdi.
Muhokamaga kiritilgan viloyat korxona va tashkilotlarining me’yoriy hujjatlari hamda arxiv muassalari saqloviga qabul qilinayogan hujjatlarning ro’yxatlari yuzasidan komissiya a’zolarining xulosalariga asosan ETKning navbatdagi bayonnomasi rasmiylashtirildi.
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.