/ / / Muammolar mahallabay ishlash bo‘yicha yangi tizim va yondashuvlar asosida hal etilmoqda

Muammolar mahallabay ishlash bo‘yicha yangi tizim va yondashuvlar asosida hal etilmoqda

 Hozirda, inson manfaatlarini ta’minlash uchun avvalo, odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerakligiga alohida urg‘u berilmoqda. 
     O‘zbekiston Respublikasi "O‘zarxiv” agentligi tomonidan tasdiqlangan Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘ining 2022-yil I yarim yilligida viloyatdagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabul qilish jadvaliga  asosan Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i S.S.Bekovaning 2022-yil 15-fevral kuni Xatirchi tumani "Bog‘ishamol” MFY binosida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillari bilan sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

      Sayyor qabul tumani adliya bo‘limi boshlig‘I Z.Nasimov, tuman byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bo‘limi mutaxassisi Sh.Boliyev, tuman davlat xizmatlari markazi mutaxassisi Sh.Shodiyev va davlat kadastrlari palatasi tuman bo'limi muhandisi I.Qodirovlar ishtirokida tashkil etildi.
      Qabulga kelgan fuqarolar murojaatlari batafsil o‘rganilib ularga tushuntirishlar berildi.

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!