O’zbekiston Respublikasining Qonuni
«Jismoniy va yuridik shaxslarning
murojaatlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar
kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2017 yil 15 avgustda qabul
qilingan
Senat tomonidan 2017 yil 24 avgustda ma’qullangan
1-modda. O’zbekiston Respublikasining 2014 yil 3 dekabrda qabul qilingan
«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida»gi O’RQ-378-sonli Qonuniga (O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014 yil, № 12,
340-modda) o’zgartish va qo’shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin
(ilova qilinadi).
2-modda. O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi:
hukumat
qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat
boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo’lgan o’z normativ-huquqiy hujjatlarini
qayta ko’rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga
yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o’rtasida tushuntirilishini
ta’minlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga
kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun «Xalq
so’zi» gazetasining 2017 yil 12 sentyabrdagi 182 (6876)-sonida e’lon qilingan.
O’zbekiston
Respublikasining Prezidenti SH. MIRZIYOEV
Toshkent
sh.,
2017
yil 11 sentyabr,
O’RQ-445-son
O’zbekiston
Respublikasining Qonuni
Jismoniy va yuridik
shaxslarning murojaatlari to’g’risida
(yangi tahriri)
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qo’llanilish sohasi
Ushbu
Qonunning maqsadi davlat organlari va davlat muassasalariga (bundan buyon
matnda davlat organlari deb yuritiladi), shuningdek ularning mansabdor
shaxslariga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (bundan buyon matnda
murojaatlar deb yuritiladi) sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan
iborat.
Ushbu
Qonunning amal qilishi davlat ishtirokidagi tashkilotlarga va fuqarolarning
o’zini o’zi boshqarish organlariga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb
yuritiladi) nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ushbu
Qonunning amal qilishi:
Oldingitahrirgaqarang.
ko’rib chiqish tartibi
ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual,
jinoyat-ijroiya, iqtisodiy protsessual qonun hujjatlari va boshqa qonunlar
bilan belgilangan murojaatlarga;
(1-moddaning uchinchi qismi ikkinchi xatboshisi
O’zbekiston Respublikasining 2018 yil 29 yanvarrdagi O’RQ-463-sonli Qonuni tahririda
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018 y.,
03/18/463/0634-son — 2018 yil 1 apreldan kuchga kiradi)
davlat
organlarining, shuningdek ular tarkibiy bo’linmalarining o’zaro yozishmalariga
nisbatan tatbiq etilmaydi.
2-modda. Murojaatlar to’g’risidagi qonun hujjatlari
Murojaatlar
to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan
iboratdir.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu
Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi:
ariza — huquqlarni,
erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko’rsatish to’g’risidagi
iltimos bayon etilgan murojaat;
taklif — davlat va jamiyat
faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni o’z ichiga olgan murojaat;
shikoyat — buzilgan huquqlarni,
erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish to’g’risidagi talab
bayon etilgan murojaat;
elektron murojaat — belgilangan tartibda
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida berilgan, shu jumladan davlat
organining, tashkilotning rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan murojaat, real
vaqt rejimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda
berilgan og’zaki murojaatlar bundan mustasno;
takroriy murojaat — ayni bir jismoniy
yoki yuridik shaxsdan kelib tushgan, uning avvalgi murojaati yuzasidan qabul
qilingan qaror ustidan shikoyat qilinayotgan yoki boshqacha tarzda norozilik
bildirilayotgan, shuningdek, agar takroriy murojaat kelib tushgan paytga kelib
qonun hujjatlarida belgilangan ko’rib chiqish muddati tugagan bo’lsa, ilgarigi
murojaati o’z vaqtida ko’rib chiqilmaganligi to’g’risida xabar qilinayotgan
murojaat;
anonim murojaat — jismoniy shaxsning
familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to’g’risidagi ma’lumotlar
yoki yuridik shaxsning to’liq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) to’g’risidagi
ma’lumotlar ko’rsatilmagan yoxud ular haqida yolg’on ma’lumotlar ko’rsatilgan
murojaat, shuningdek uni identifikatsiya qilish imkoniyatini bermaydigan
elektron murojaat yoxud imzo bilan tasdiqlanmagan yozma murojaat;
murojaatning dublikati — ayni
bir jismoniy yoki yuridik shaxs murojaatining ko’chirma nusxasi;
ommaviy qabul — davlat organi rahbarining
yoki bu borada vakolat berilgan mansabdor shaxsining jismoniy shaxslar va
yuridik shaxslarning vakillari bilan ommaviy uchrashuvlarida murojaatlarni
qabul qilishga doir harakati;
videokonferensaloqa — uzoqda joylashgan bir
nechta abonentlarning real vaqt rejimida audio- va videoaxborot almashish
imkoniyati bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda
interaktiv hamkorlik qilishi;
davlat ishtirokidagi tashkilot — ustav fondida davlat ulushi mavjud bo’lgan tijorat tashkiloti yoxud
to’liq yoki qisman davlat organi tomonidan tashkil etilgan yoki ta’sis etilgan
notijorat tashkiloti.
4-modda. Murojaatlarni ko’rib chiqishning asosiy prinsiplari
Murojaatlarni
ko’rib chiqishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
murojaatlarni
o’z vaqtida va to’liq ko’rib chiqish;
murojaatlarga
nisbatan talablarning bir xilligi;
jismoniy
va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya
etilishi;
murojaatlarni
ko’rib chiqishda byurokratizm va sansalorlikka yo’l qo’yilmasligi;
murojaatlarni
ko’rib chiqishda davlat organlari, tashkilotlar va ular mansabdor shaxslari faoliyatining
shaffofligi.
5-modda. Murojaatlarning shakllari va turlari
Murojaatlar
og’zaki, yozma yoxud elektron shaklda bo’lishi mumkin.
Arizalar,
takliflar va shikoyatlar murojaatlarning turlari hisoblanadi.
Murojaatlar,
ularning shakli va turidan qat’i nazar, bir xil ahamiyatga ega bo’ladi.
6-modda. Murojaatlarga qo’yiladigan talablar
Jismoniy
shaxsning murojaatida jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi),
uning yashash joyi to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
YUridik
shaxsning murojaatida yuridik shaxsning to’liq nomi, uning joylashgan yeri
(pochta manzili) to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
Jismoniy
va yuridik shaxsning murojaatida davlat organining, tashkilotning aniq nomi,
murojaat yuborilayotgan mansabdor shaxsning lavozimi va (yoki) familiyasi
(ismi, otasining ismi) ko’rsatilgan, shuningdek murojaatning mohiyati bayon
etilgan bo’lishi kerak.
Murojaatlarda
murojaat etuvchilarning elektron pochta manzili, aloqa telefonlari va fakslari
raqamlari ko’rsatilishi mumkin.
Murojaatlar
davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin.
YOzma
murojaat murojaat etuvchi jismoniy shaxsning imzosi yoki murojaat etuvchi
yuridik shaxs vakolatli shaxsining imzosi bilan tasdiqlangan bo’lishi lozim. Jismoniy
shaxsning yozma murojaatini murojaat etuvchining imzosi bilan tasdiqlash imkoni
bo’lmagan taqdirda, bu murojaat uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan
tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham qo’shimcha ravishda
yozib qo’yilishi kerak.
Murojaat
etuvchilarning vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning vakolatlarini
tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
7-modda. Murojaatlar va ommaviy axborot vositalari
Ommaviy
axborot vositalari tahririyatlaridan kelib tushgan murojaatlar ushbu Qonunda
nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda ko’rib chiqiladi.
Ommaviy
axborot vositalariga yo’llangan murojaatlardan ommaviy axborot vositalari to’g’risidagi
qonun hujjatlariga muvofiq jamoatchilik fikrini o’rganish va aks ettirish uchun
foydalanilishi mumkin.
8-modda. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning
vakillarini qabul qilish
Davlat
organlarida, tashkilotlarda, shuningdek ularning mansabdor shaxslari tomonidan
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tashkil
etiladi.
Jismoniy
shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining shaxsiy qabulini o’tkazuvchi
davlat organlarining, tashkilotlarning rahbarlari yoki boshqa mansabdor
shaxslari har qanday masalalar, shu jumladan o’z vakolatlariga kirmaydigan
masalalar bo’yicha murojaat etilganda qabulni rad etishga haqli emas, ushbu
moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar
bundan mustasno.
Jismoniy
shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, agar ularning
shunday xususiyatga ega bo’lgan avvalgi murojaati bo’yicha qaror qabul qilingan
va bu haqda ularga ushbu Qonunda belgilangan tartibda xabar qilingan bo’lsa,
rad etilishi mumkin.
9-modda. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning
vakillarini qabul qilish tartibi
Jismoniy
shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish davlat organining,
tashkilotning rahbari yoki boshqa mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi.
Buning uchun davlat organlarida, tashkilotlarda maxsus tarkibiy bo’linmalar
tashkil etilishi mumkin, qabul uchun mas’ul bo’lgan mansabdor shaxslar belgilanadi.
Davlat
organlarining rahbarlari yoki bu borada vakolat berilgan boshqa mansabdor
shaxslari tomonidan jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining
sayyor shaxsiy qabullari, shuningdek ommaviy qabullar tashkil etilishi mumkin.
Jismoniy
shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish belgilangan kun va
soatlarda, qabul qilish jadvaliga muvofiq o’tkaziladi.
Qabul
qilish jadvali va uni o’tkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish to’g’risidagi
axborot, qabul qilish tartibi ularni davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida
e’lon qilish, shuningdek ularning ma’muriy binosida hamma kirishi mumkin
bo’lgan joylardagi stendlarga yoki boshqa texnik vositalarga joylashtirish
orqali manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkaziladi.
Jismoniy
shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining sayyor shaxsiy qabullari,
shuningdek ommaviy qabullar, zarur bo’lgan hollarda, qabul qilish jadvallaridan
tashqari o’tkazilishi mumkin. Ommaviy qabul hovlilarga (kvartiralarga), boshqa
binolarga va joylarga birma-bir kirib chiqish orqali ham o’tkazilishi mumkin.
Agar
qabul davomida bayon etilgan masalalarni hal etish davlat organining,
tashkilotning yoki ular mansabdor shaxsining vakolatlariga kirmasa, tegishli
mansabdor shaxslar murojaat etuvchiga murojaatda bayon etilgan masalalarni hal
etish uchun qaysi organga yoki tashkilotga murojaat qilish lozimligini
tushuntirishi kerak.
SHaxsiy
qabul davomida davlat organi, tashkilot rahbarining qaroriga ko’ra va murojaat
etuvchiga bu haqda xabar bergan holda maxsus texnika vositalari (audio- va
videoyozuv, shuningdek fotosuratga olish) qo’llanilishi mumkin.
Jismoniy
shaxs og’zaki murojaat etayotganda o’z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, yuridik
shaxsning vakili esa o’z vakolatlarini tasdiqlaydigan va o’z shaxsini tasdiqlovchi
hujjatni ko’rsatishi kerak, ommaviy qabul vaqtida kelib tushgan murojaatlar
bundan mustasno.
Og’zaki
murojaatlar real vaqt rejimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalangan holda, shu jumladan davlat organlarining, tashkilotlarning ishonch,
tezkor aloqa telefonlari orqali va videokonferensaloqa vositasida ham berilishi
mumkin.
Videokonferensaloqa
vositasida qabul qilish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilanadi.
2-bob. Xalq qabulxonalari
va virtual qabulxonalar
10-modda. O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi
O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi davlat
organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari tomonidan murojaatlarning
samarali ko’rib chiqilishini tashkil etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan tuziladi.
O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari yuridik shaxs maqomiga ega
bo’lmaydi.
O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari tizimini quyidagilar tashkil
etadi:
O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi;
O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahridagi Xalq qabulxonalari;
O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining tumanlar va shaharlardagi (tumanga bo’ysunuvchi shaharlardan
tashqari) Xalq qabulxonalari.
O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi kelib tushayotgan murojaatlarni
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida qabul qilish, to’plash,
tasniflash va tizimlashtirish, shuningdek ularning to’liq, o’z vaqtida hamda
sifatli ko’rib chiqilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirish
imkonini beruvchi axborot tizimi hisoblanadi.
11-modda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Xalq qabulxonalarining va Virtual qabulxonasining asosiy vazifalari
O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonalarining va Virtual qabulxonasining
asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
aholi
bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqotni tashkil etish, ularning huquqlari,
erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini to’laqonli himoya qilishga qaratilgan,
murojaatlar bilan ishlashning samarali tizimi faoliyatini ta’minlash;
murojaat
qilishga oid konstitutsiyaviy huquqning so’zsiz amalga oshirilishi uchun
sharoitlar yaratish;
O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonasiga kelib
tushgan murojaatlarning to’liq, xolisona va o’z vaqtida ko’rib chiqilishini
tashkil etish;
O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonasiga kelib
tushgan hamda tegishliligi bo’yicha davlat organlariga, tashkilotlarga
yuborilgan murojaatlarning ko’rib chiqilishi ustidan tizimli monitoring va
nazoratni amalga oshirish;
jismoniy
shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining qabullarini o’tkazish, shu
jumladan videokonferensaloqa vositasida o’tkazish;
O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonasiga kelib
tushayotgan murojaatlarni qayd etish, umumlashtirish, tizimlashtirish, ularni
ko’rib chiqish ustidan monitoring va nazorat qilish bo’yicha elektron axborot
tizimini joriy etish hamda yuritish orqali murojaatlar bilan ishlashda
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish.
12-modda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Xalq qabulxonalarining huquq va majburiyatlari
O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari quyidagi huquqlarga ega:
davlat
organlari, tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish, ulardan o’z
vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan hujjatlarni va axborotni so’rash hamda
olish;
zarur
hollarda, murojaatlarni ko’rib chiqish natijalari yuzasidan qabul qilingan
qarorlarning ijrosini joylarga chiqib o’rganish;
murojaatlarni
ko’rib chiqish tartibini takomillashtirish to’g’risida davlat
organlariga,tashkilotlarga takliflar kiritish;
murojaatlarni
ko’rib chiqish tartibi va muddatlarini buzgan, shuningdek murojaatlarni ko’rib
chiqish natijalari yuzasidan qabul qilingan qarorlarning ijrosini ta’minlamagan
shaxslarni javobgarlikka tortish bo’yicha takliflar kiritish.
O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari qonun hujjatlariga muvofiq
boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.
O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari:
ushbu
Qonun talablariga rioya etishi;
murojaatlar
bilan ishlashda mavjud axborot tizimidan foydalanishi;
axborot
xavfsizligi talablariga rioya etishi;
o’z
dasturiy-apparat vositalarining uzluksiz ishlashini ta’minlashi;
navbatda
turishning elektron boshqaruvi tizimi samarali ishlashini va ma’muriy jihatdan
boshqarilishini, murojaat etuvchilarning soni ularning toifalari va tegishli sohalar
bo’yicha muayyan davr uchun (kun, hafta, oy) lozim darajada hisobga olinishini
ta’minlashi shart.
O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari zimmasida qonun hujjatlariga
muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.
13-modda. O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining Virtual qabulxonasi tomonidan murojaatlarga doir masalalar
bo’yicha real vaqt rejimida maslahatlar berish
O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi negizida turli tarmoqlar va
faoliyat sohalaridan malakali mutaxassislarni maslahatchilar sifatida jalb
etgan holda,murojaatlarga doir masalalar bo’yicha jismoniy va yuridik
shaxslarga real vaqt rejimida maslahat berish amalga oshiriladi.
O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi negizida real vaqt rejimida
maslahat berish, bir tomondan, maslahatchilar o’rtasida, shuningdek boshqa
tomondan, o’zini qiziqtiradigan masala yuzasidan tezkor tartibda axborot olish
istagida bo’lgan jismoniy va yuridik shaxslar o’rtasida axborot ayirboshlash
yo’li bilan ta’minlanadi.
14-modda. Davlat organlarining,
tashkilotlarning va ular mansabdor shaxslarining virtual qabulxonalarini
tashkil etish
Aholi
bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqotni tashkil etish, murojaatlarning ko’rib
chiqilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga oshirish, shuningdek
murojaatlar bilan ishlashda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanish maqsadida davlat organlari, tashkilotlar va ular mansabdor
shaxslari o’z virtual qabulxonalarini tashkil etishi mumkin.
Virtual
qabulxonalar qaysi davlat organi,tashkilot yoki ularning qaysi mansabdor
shaxslari tomonidan tuzilgan bo’lsa, o’sha davlat organi, tashkilot yoki
ularning mansabdor shaxslari nomidan faoliyat ko’rsatadi.
3-bob. Jismoniy va
yuridik shaxslarning murojaat etish huquqlari kafolatlari
15-modda. Murojaat etish huquqini amalga
oshirish kafolatlari
Jismoniy
va yuridik shaxslarga davlat organlariga, tashkilotlarga va ularning mansabdor
shaxslariga yakka tartibda yoki jamoa bo’lib murojaat etish huquqi kafolatlanadi.
Murojaat
etish huquqi ixtiyoriy amalga oshiriladi. Hech kim biron-bir murojaatni himoya
qilishga yoxud unga qarshi qaratilgan harakatlarda ishtirok etishga majbur
qilinishi mumkin emas.
Murojaat
etish huquqining amalga oshirilishi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini,
erkinliklarini hamda qonuniy manfaatlarini, shuningdek jamiyat va davlat
manfaatlarini buzmasligi kerak.
Xorijiy
davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari, fuqaroligi bo’lmagan shaxslar
O’zbekiston Respublikasi davlat organlariga, tashkilotlariga va ularning
mansabdor shaxslariga ushbu Qonunga muvofiq murojaat etish huquqiga ega.
16-modda. Murojaat etish huquqidan
foydalanilayotganda kamsitishga yo’l qo’yilmasligi
Murojaat
etish huquqidan foydalanilayotganda jismoniy shaxsning jinsi, irqi, millati,
tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeiga,
shuningdek yuridik shaxslarning mulk shakli, joylashgan yeri (pochta manzili),
tashkiliy-huquqiy shakllariga va boshqa holatlariga qarab kamsitishga yo’l
qo’yilmaydi.
17-modda. Murojaat etilganda huquqlar,
erkinliklar va qonuniy manfaatlarga rioya etilishining kafolatlari
Davlat
organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari murojaatlarni ko’rib
chiqishda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda qonunlari talablariga rioya etishi, ularning
to’liq, xolisona va o’z vaqtida ko’rib chiqilishi uchun choralar ko’rishi,
jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari, erkinliklari tiklanishini hamda
qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash bo’yicha o’z vakolatlari
doirasida choralar ko’rishi shart.
18-modda. Murojaatlarni qabul qilish va ko’rib
chiqish kafolatlari
Murojaatlar
davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qabul
qilinishi va ko’rib chiqilishi shart, ushbu Qonunning 29 va 30-moddalarida nazarda tutilgan hollar
bundan mustasno.
19-modda. Murojaatlar munosabati bilan ayon
bo’lib qolgan ma’lumotlarning oshkor etilmasligi kafolatlari
Murojaatlarni
ko’rib chiqishda jismoniy shaxslarning shaxsiy hayoti, yuridik shaxslarning
faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlar ularning roziligisiz, shuningdek davlat
sirini yoxud qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi
ma’lumotlarning va, agar bu jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari,
erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini kamsitadigan bo’lsa, boshqa
axborotning davlat organlari, tashkilotlar xodimlari va ular mansabdor
shaxslari tomonidan oshkor etilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Jismoniy
va yuridik shaxs to’g’risidagi, murojaatga taalluqli bo’lmagan ma’lumotlarni
aniqlashga yo’l qo’yilmaydi.
Jismoniy
shaxsning iltimosiga ko’ra uning shaxsiga doir biron-bir ma’lumot oshkor
etilmasligi kerak.
20-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning
murojaatlari munosabati bilan ular xavfsizligining kafolatlari
Jismoniy
shaxsni, uning vakilini, ularning oila a’zolarini, yuridik shaxsni, uning
vakilini va yuridik shaxs vakilining oila a’zolarini ular o’z huquqlari,
erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ro’yobga chiqarish yoki himoya qilish
maqsadida davlat organlariga, tashkilotlarga va ularning mansabdor shaxslariga
murojaat etganligi, shuningdek murojaatlarda o’z fikrini bildirganligi va
tanqid qilganligi munosabati bilan ta’qib etish man etiladi.
4-bob. Murojaatlarni
berish va ularni ko’rib chiqish tartibi
21-modda. Murojaatlarni berish tartibi
Murojaatlar
ularda qo’yilgan masalalarni hal etish o’z vakolati doirasiga kiradigan davlat
organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxsiga bevosita yoxud bo’ysunuv
tartibida yuqori turuvchi organga beriladi.
Jismoniy
va yuridik shaxslar murojaatni mustaqil ravishda berishga, shuningdek bu
boradagi vakolatni o’z vakiliga berishga yoxud murojaatni pochta aloqasi
vositalari orqali yoki elektron shaklda yuborishga haqli. Voyaga yetmaganlar,
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan shaxslarning manfaatlarini
ko’zlab murojaatlar ularning qonuniy vakillari tomonidan qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan tartibda berilishi mumkin.
Murojaatga
u bo’yicha ilgari qabul qilingan mavjud qarorlar yoki ularning ko’chirma
nusxalari, shuningdek uni ko’rib chiqish uchun zarur bo’lgan boshqa hujjatlar
ilova qilinishi mumkin, mazkur hujjatlar qaytarilmaydi, murojaat etuvchi ularni
qaytarish haqida yozma ariza bergan hollar bundan mustasno. Ko’rsatib o’tilgan hujjatlar
murojaat taalluqliligi bo’yicha boshqa davlat organiga, tashkilotga yoki
ularning mansabdor shaxsiga yuborilganda murojaatga ilova qilinishi kerak.
Murojaat
pochta aloqa vositasi orqali konvertda kelib tushganda konvertda murojaat va
unga ilovalar mavjudligi tekshiriladi. Konvertda murojaat mavjud bo’lmasa yoki
u shikastlangan bo’lsa, shuningdek murojaatda ko’rsatilgan ilovalar mavjud
bo’lmasa, dalolatnoma tuzilib, uning bir nusxasi murojaat etuvchiga konvertda
ko’rsatilgan manzil bo’yicha yuboriladi.
22-modda. Murojaatlarni berish muddatlari
Murojaatlarni
berish muddatlari, qoida tariqasida, belgilanmaydi. Ayrim hollarda, agar davlat
organining, tashkilotning yoki ular mansabdor shaxslarining murojaatni ko’rib
chiqish bo’yicha imkoniyatlariga, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari,
erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini o’z vaqtida amalga oshirish va himoya
qilishni ta’minlash zaruratiga bog’liq bo’lsa, shuningdek qonunlarda nazarda
tutilgan boshqa asoslarga ko’ra murojaatni berish muddati belgilanishi mumkin.
Bo’ysunuv
tartibida yuqori turuvchi organga ariza yoki shikoyat jismoniy yoki yuridik
shaxsga uning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzuvchi harakat
(harakatsizlik) sodir etilganligi yoxud qaror qabul qilinganligi ma’lum bo’lgan
paytdan e’tiboran uzog’i bilan bir yildan kechiktirmay beriladi.
Ariza
yoki shikoyat berishning uzrli sababga ko’ra o’tkazib yuborilgan muddati
arizani yoki shikoyatni ko’rib chiquvchi davlat organi, tashkilot yoki ularning
vakolat berilgan mansabdor shaxsi tomonidan tiklanadi.
23-modda. Murojaatlar bo’yicha ish yuritish
Davlat
organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shaxsiga kelib tushgan murojaat o’sha
kunning o’zida, ish vaqti tugaganidan keyin kelib tushgan taqdirda esa, keyingi
ish kuni ro’yxatdan o’tkazilishi kerak.
Murojaatni
ro’yxatdan o’tkazishni rad etishga yo’l qo’yilmaydi.
Davlat
organlarida, tashkilotlarda murojaatlarni ro’yxatdan o’tkazish daftari
yuritilib, unda murojaatning tartib raqami va kelib tushgan sanasi, murojaat
etuvchi jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), yuridik shaxsning
nomi, murojaatning qisqacha mazmuni, ijrosi to’g’risidagi belgi, shuningdek
boshqa ma’lumotlar ko’rsatiladi.
Davlat
organlari, tashkilotlar murojaatlar bilan ishlashda elektron hujjat aylanishi
tizimini joriy etishi mumkin.
Davlat
organining rahbariga yoki vakolat berilgan mansabdor shaxsiga ommaviy qabullar
vaqtida tushgan va joyida hal etilgan og’zaki murojaatlarni ro’yxatdan
o’tkazish talab qilinmaydi. Bunda jismoniy shaxsning yoki yuridik shaxs
vakilining familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to’g’risidagi
ma’lumotlar, murojaatning qisqacha mazmuni, shuningdek uni ko’rib chiqish
natijasi ommaviy qabul bayonnomasida ko’rsatiladi.
Murojaatni
ro’yxatdan o’tkazish va ko’rib chiqish bo’yicha ish yuritish qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
24-modda.Murojaatlarni
ko’rib chiqish tartibi
Davlat
organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxslariga kelib tushgan
murojaatlar shu organ, tashkilot tomonidan yoki murojaatlarni ko’rib chiqish
bo’yicha zimmasiga majburiyatlar yuklatilgan mansabdor shaxslar tomonidan
ko’rib chiqiladi.
Davlat
organiga, tashkilotga kelib tushgan murojaatlar bo’ysunuv tartibida quyi
turuvchi bo’linmalarga ham yuborilishi mumkin.
Agar
murojaatda davlat organlari,tashkilotlarning bir nechta tarkibiy bo’linmalariga
taalluqli masalalar mavjud bo’lsa, ularning barchasi murojaatni ko’rib chiqish
bo’yicha ijrochilar etib belgilanadi. Ijrochilar o’rtasida birinchi
ko’rsatilgan tarkibiy bo’linma murojaatning ko’rib chiqilishini boshqa tarkibiy
bo’linmalar bilan birgalikda ta’minlaydi.
Murojaatni
to’liq, xolisona va o’z vaqtida ko’rib chiqish uchun qo’shimcha ma’lumotlar,
ma’lumotnomalar va materiallarga zarurat paydo bo’lgan taqdirda, mazkur
murojaatni ko’rib chiqayotgan davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor
shaxslari murojaat etuvchidan, shuningdek o’z vakolatlari doirasida boshqa
davlat organlaridan, boshqa tashkilotlardan va mansabdor shaxslardan qo’shimcha
axborotni so’rab olishi mumkin. Agar axborot davlat sirini yoki qonun bilan
qo’riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan
bo’lmasa, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda
qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazmasa, davlat
organlari, tashkilotlar va mansabdor shaxslar o’zlaridan so’ralayotgan
axborotni o’n kun ichida taqdim etishi shart.
Murojaatlarni
ko’rib chiqayotgan davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shaxslari
zarur hollarda, murojaatning joyning o’ziga borib ko’rib chiqilishini
ta’minlashi mumkin.
Agar
murojaatda qo’yilgan masalalar xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga
daxldor bo’lsa, ularning vakillari murojaatlarni ko’rib chiqishda ishtirok
etish uchun davlat organlari tomonidan o’z vakolatlari doirasida jalb etiladi.
Agar
murojaatni ko’rib chiqishda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatini
tekshirish, shu jumladan moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tekshirish (taftish
qilish) zarurati yuzaga kelsa, tekshirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga
oshiriladi.
25-modda. Ayrim murojaatlarni ko’rib chiqish
tartibi
Takroriy
murojaatlar umumiy asoslarda ko’rib chiqiladi, ushbu Qonunning 30-moddasida ko’rsatilgan hollar
bundan mustasno.
Qo’yilgan
masalalarni hal etish o’zining vakolati doirasiga kirmaydigan davlat organiga,
tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxslariga kelib tushgan murojaatlar besh
kunlik muddatdan kechiktirmay tegishli organlarga, boshqa tashkilotlarga va
mansabdor shaxslarga yuborilib, bu haqda murojaat etuvchiga yozma yoxud
elektron shaklda xabar qilinadi. Bunda kelib tushgan elektron murojaat elektron
shaklda yuborilishi mumkin.
Murojaatlarni
ko’rib chiqish uchun asossiz ravishda boshqa davlat organlariga, tashkilotlarga
o’tkazish yoxud qarorlari yoki harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat
qilinayotgan organlarga, tashkilotlarga yoki mansabdor shaxslarga yuborish
taqiqlanadi.
Agar
murojaatlarda ularni tegishli davlat organlariga, tashkilotlarga yoki mansabdor
shaxslarga yuborish uchun zarur ma’lumotlar mavjud bo’lmasa, bu murojaatlar
murojaat etuvchiga besh kunlik muddatdan kechiktirmay asoslantirilgan
tushuntirish bilan qaytariladi.
Agar
murojaatni ko’rib chiqish davomida murojaatning dublikati kelib tushsa, mazkur
murojaat avval kelib tushgan murojaat bilan birgalikda ko’rib chiqiladi.
Agar
murojaatning dublikati murojaat ko’rib chiqilganidan va javob yuborilganidan
keyin kelib tushsa, bu haqda davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor
shaxslari murojaat etuvchini tegishli tartibda xabardor qiladi.
Murojaatlarning
turlariga kiritilmagan xatlarni (tashakkurnomalar, tabriknomalar,
taklifnomalar, fikr-mulohazalarni) ko’rib chiqish davlat organlari,
tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari tomonidan ularning o’z ixtiyoriga
ko’ra amalga oshiriladi.
26-modda. Murojaat etuvchini eshitish
Murojaatni
ko’rib chiqayotgan davlat organi, boshqa tashkilot yoki ularning mansabdor
shaxslari o’z tashabbusiga ko’ra yoxud murojaat etuvchining iltimosiga ko’ra
uni eshitishni tashkil etishi mumkin.
Davlat
organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shaxslari murojaat etuvchiga
murojaatda ko’tarilgan masalalar bo’yicha o’z fikrini bildirish va murojaat
bo’yicha qo’shimcha axborot taqdim etish imkoniyatini beradi. Davlat organi,
tashkilot yoki ularning mansabdor shaxslari murojaat etuvchini eshitishga
ekspertlarni, mutaxassislarni va manfaatdor tashkilotlarning vakillarini jalb
etishi mumkin.
27-modda. Murojaatlarga javoblar
Murojaatlarni
ko’rib chiqish natijalariga ko’ra davlat organi, tashkilot yoki ularning
mansabdor shaxslari tomonidan qaror qabul qilinadi, bu haqda murojaat
qiluvchiga darhol yozma yoki elektron shaklda xabar qilinadi.
Murojaatga
javobni davlat organining, tashkilotning rahbari yoki ularning mansabdor shaxsi
imzolaydi.
Jamoaviy
murojaatlarga javob, agar murojaatda javobni boshqa shaxsga yuborish talab
etilmagan bo’lsa, murojaat qiluvchilarning ro’yxatida birinchi ko’rsatilgan
shaxsga yuboriladi.
Murojaat,
agar unda qo’yilgan barcha masalalar ushbu Qonun talablariga muvofiq ko’rib
chiqilgan va murojaat qiluvchiga tegishli javob yuborilgan taqdirda, ko’rib
chiqilgan hisoblanadi.
Murojaatlarga
javoblar mumkin qadar murojaat etilgan tilda bayon qilinadi, javoblar
murojaatda ko’rsatilgan har bir masala bo’yicha vajlarni inkor etuvchi yoki
tasdiqlovchi aniq asoslarni (zaruratga qarab qonun hujjatlari normalariga havolalar
qilingan holda) o’z ichiga olgan bo’lishi kerak.
Ommaviy
qabullar vaqtida davlat organining rahbariga yoki vakolat berilgan boshqa
mansabdor shaxsiga kelib tushgan va joyida hal etilgan og’zaki murojaatlarga
yozma javob yoki elektron shakldagi javob talab etilmaydi.
28-modda. Murojaatlarni ko’rib chiqish
muddatlari
Ariza
yoki shikoyat masalani mazmunan hal etishi shart bo’lgan davlat organiga,
tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxsiga kelib tushgan kundan e’tiboran o’n
besh kun ichida, qo’shimcha o’rganish va (yoki) tekshirish, qo’shimcha hujjatlarni
so’rab olish talab etilganda esa, bir oygacha bo’lgan muddatda ko’rib
chiqiladi.
Ariza
va shikoyatlarni ko’rib chiqish uchun tekshirish o’tkazish, qo’shimcha materiallarni
so’rab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar ko’rish zarur bo’lgan hollarda,
ularni ko’rib chiqish muddatlari tegishli davlat organining, tashkilotning rahbari
tomonidan istisno tariqasida uzog’i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda
murojaat etuvchiga xabar qilinadi.
Taklif
davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxsiga kelib tushgan
kundan e’tiboran bir oygacha bo’lgan muddatda ko’rib chiqiladi, qo’shimcha
o’rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno bo’lib, bu haqda taklifni
kiritgan jismoniy yoki yuridik shaxsga o’n kunlik muddatda yozma shaklda xabar
qilinadi.
29-modda. Murojaatlarni ko’rmay qoldirish
Quyidagi
murojaatlar ko’rib chiqilmaydi:
anonim
murojaatlar;
jismoniy
va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning
vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lmagan taqdirda;
mazkur
Qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo’lmagan murojaatlar.
Murojaatlar
ko’rmay qoldirilganda tegishli xulosa tuziladi, u davlat organining,
tashkilotning rahbari yoki ularning vakolat berilgan mansabdor shaxsi tomonidan
tasdiqlanadi.
Jismoniy
va yuridik shaxs vakilining vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi
sababli murojaatlar ko’rmay qoldirilganligi to’g’risida murojaat qiluvchi
tegishli tartibda xabardor qilinadi.
30-modda. Murojaatlarni ko’rib chiqishni
tugatish
Murojaatlarni
ko’rib chiqish quyidagi hollarda tugatiladi:
agar
takroriy murojaatlarda yangi vajlar yoki yangidan ochilgan holatlar
keltirilmagan bo’lsa, ilgarigi murojaat materiallarida esa tekshiruvlarning
to’la-to’kis materiallari mavjud bo’lsa va murojaat qiluvchiga belgilangan
tartibda javoblar berilgan bo’lsa;
agar
murojaat qiluvchi o’z murojaatini belgilangan tartibda chaqirib olgan bo’lsa
yoki uni ko’rib chiqishni tugatish to’g’risida iltimos qilgan bo’lsa;
yashash
joyi, turgan joyi (pochta manzili), elektron pochta manzili yoki boshqa
rekvizitlari o’zgarganligi to’g’risida o’z vaqtida xabardor qilmaganligi
tufayli chaqirishning imkoni yo’qligi sababli murojaatni murojaat qiluvchining
ishtirokisiz ko’rib chiqish imkoniyati bo’lmaganda;
murojaatni
murojaat qiluvchining ishtirokisiz ko’rib chiqish imkoniyati mavjud emasligi
sababli, davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shaxsi tomonidan
chaqirilgan murojaat qiluvchi kelmay qolgan taqdirda;
agar
murojaat qiluvchi jismoniy shaxs vafot etganidan so’ng murojaatni ko’rib
chiqish huquqiy vorislikka yo’l qo’ymasa.
Murojaatni
ko’rib chiqishni tugatish to’g’risidagi qarorni davlat organining,
tashkilotning rahbari yoki ularning vakolat berilgan mansabdor shaxsi qabul qiladi.
Takroriy
murojaatni ko’rib chiqish ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisiga muvofiq tugatilganda,
murojaat qiluvchi takroriy murojaatning asossizligi va ushbu masala yuzasidan u
bilan yozishmalar tugatilishi to’g’risida yozma ravishda xabardor qilinadi. YOzishmalar
olib borish tugatilgan murojaat qiluvchidan takroriy murojaat kelib tushgan taqdirda,
bunday murojaatni ko’rib chiqish murojaat qiluvchini bu haqda xabardor qilmasdan
tugatiladi.
Murojaatni
ko’rib chiqish uni chaqirib olish to’g’risidagi ariza bo’yicha tugatilganda
murojaat murojaat qiluvchiga davlat organining, tashkilotning yoki ular
mansabdor shaxsining xati bilan birga uch kun ichida qaytariladi. Murojaatni
chaqirib olish to’g’risidagi ariza qonun buzilishlarini aniqlash va bartaraf
etish yuzasidan chora-tadbirlar ko’rilishini istisno etmaydi.
Murojaat
qiluvchi chaqirilgan jismoniy shaxsning yoki yuridik shaxs vakilining kelmay qolganligi
sababli murojaatni ko’rib chiqishni tugatish to’g’risida tegishli tartibda
xabardor qilinadi.
31-modda. Murojaatga javobni tushuntirish va
uni tuzatish
Jismoniy
yoki yuridik shaxsning iltimosiga ko’ra murojaatni ko’rib chiqqan davlat
organi, tashkilot va ularning mansabdor shaxslari murojaatga javobni uning
mazmunini o’zgartirmasdan tushuntirishi, shuningdek yo’l qo’yilgan xatolar va
arifmetik xatolarni o’z tashabbusiga ko’ra yoki murojaat qiluvchining
iltimosiga ko’ra, murojaatga javobning mazmuniga daxl qilmagan holda tuzatishi
shart.
Murojaat
qiluvchining murojaatga javobni tushuntirish va uni tuzatish to’g’risidagi
iltimosi u kelib tushgan kundan e’tiboran o’n kun ichida ko’rib chiqiladi.
5-bob. Murojaatlarni ko’rib
chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, davlat organlarining,
tashkilotlarning va ular mansabdor shaxslarining huquqlari va majburiyatlari
32-modda. Murojaatlarni ko’rib chiqishda
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari
Murojaatlar
davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari tomonidan ko’rib
chiqilayotganda jismoniy va yuridik shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
murojaatni
ko’rib chiqishning borishi to’g’risida axborot olish;
vajlarni
shaxsan bayon etish va tushuntirishlar berish;
murojaatni
tekshirish materiallari va uni ko’rib chiqish natijalari bilan tanishish;
qo’shimcha
materiallar taqdim etish yoki bunday materiallarni boshqa organlardan talab qilib
olish to’g’risida iltimos qilish;
advokat
yordamidan foydalanish;
murojaatni
ko’rib chiqishni tugatish to’g’risida yoxud murojaatga javobni tushuntirish va
(yoki) uni tuzatish to’g’risida iltimos qilish;
o’z
murojaatini u ko’rib chiqilguniga qadar va ko’rib chiqilayotgan paytda murojaat
bo’yicha qaror qabul qilinguniga qadar yozma yoki elektron shaklda ariza berish
yo’li bilan chaqirib olish;
murojaatni
qabul qilishni yoki ko’rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etganlik
ustidan bo’ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki bevosita sudga
shikoyat qilish.
Jismoniy
va yuridik shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi
mumkin.
33-modda. Murojaatlarni ko’rib chiqishda
davlat organining, tashkilotning va ular mansabdor shaxslarining huquqlari va
majburiyatlari
Murojaatlarni
ko’rib chiqishda davlat organi, tashkilot va ularning mansabdor shaxslari quyidagi
huquqlarga ega:
murojaatni
ko’rib chiqish uchun zarur bo’lgan axborotni belgilangan tartibda so’rash va
olish;
murojaat
qiluvchi yoki boshqa shaxs yo’qligida murojaatni ko’rib chiqish mumkin bo’lmaganda
yoxud murojaatni eshitish uchun uni chaqirish;
bila
turib yolg’on ma’lumotlar ko’rsatilgan murojaatni tekshirish sababli
yetkazilgan xarajatlarning o’rnini qoplash to’g’risida sudga murojaat qilish.
Davlat
organi, tashkilot va ularning mansabdor shaxslari qonun hujjatlariga muvofiq
boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.
Davlat
organi, tashkilot va ularning mansabdor shaxslari:
murojaatlar
to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;
murojaat
qiluvchiga uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor hujjatlar,
qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini, agar ular
davlat siri yoki qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa sir bo’lgan ma’lumotlarni o’z
ichiga olmasa, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazmasa, ta’minlashi;
murojaat
etuvchiga ko’rib chiqish natijalari hamda qabul qilingan qaror haqida murojaat
ko’rib chiqilganidan so’ng yozma yoxud elektron shaklda darhol xabar qilishi,
ommaviy qabullar vaqtida tushgan va joyida hal qilingan og’zaki murojaatlar
bundan mustasno;
murojaat
yuzasidan qabul qilingan qaror ustidan, agar jismoniy yoki yuridik shaxs ushbu qarorga
rozi bo’lmasa, shikoyat berish tartibini tushuntirishi;
murojaatni
ko’rib chiqish natijalariga ko’ra qabul qilingan qarorning ijrosini nazorat qilishi;
qonunga
xilof harakatlarni (harakatsizlikni) bartaraf etish yuzasidan darhol
chora-tadbirlar ko’rishi, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari,
erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablar
va sharoitlarni o’z vakolatlari doirasida aniqlashi;
jismoniy
shaxs, uning vakili, ularning oila a’zolari, yuridik shaxs, uning vakili va
yuridik shaxs vakilining oila a’zolari ularning murojaatlari sababli ta’qib
etilishini belgilangan tartibda bartaraf etishi;
agar
jismoniy yoki yuridik shaxsga uning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy
manfaatlari buzilishi natijasida moddiy zarar yoki ma’naviy ziyon yetkazilgan
bo’lsa, qonunda belgilangan tartibda moddiy zararning o’rnini qoplash yoki
ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish choralarini ko’rishi shart.
Davlat
organlari murojaatlar bilan ish olib boruvchi o’z xodimlarini o’qitadi va uch
yilda kamida bir marta ularning malakasini oshiradi. Davlat organlarining
murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlariga nisbatan qo’yiladigan talablar,
shuningdek ularni o’qitish va malakasini oshirish tartibi O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Davlat
organi, tashkilot va ular mansabdor shaxslarining zimmasida qonun hujjatlariga
muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.
34-modda. Murojaatlarning ko’rib chiqilishini
monitoring va nazorat qilish
Davlat
organlarining, tashkilotlarning rahbarlari yoki vakolat berilgan boshqa
mansabdor shaxslari o’z tuzilmaviy bo’linmalari tomonidan murojaatlarning ko’rib
chiqilishi ustidan doimiy monitoring va nazoratni amalga oshiradi, ularning to’liq,
xolisona va o’z vaqtida ko’rib chiqilishini ta’minlash choralarini ko’radi.
Murojaat
u qaysi rahbar yoki vakolat berilgan boshqa mansabdor shaxs tomonidan nazoratga
olingan bo’lsa, o’sha shaxs tomonidan nazoratdan va ijrodan olinadi.
Oraliq
javoblar berilgan va to’liq ko’rib chiqilmagan murojaatlar nazoratdan
olinmaydi.
35-modda. Murojaatlarni umumlashtirish va tahlil
qilish
Davlat
organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari kelib tushgan
murojaatlarning statistik hisobini yuritadi. Statistik hisobga olishda kelib
tushgan, ko’rib chiqilgan, qanoatlantirilgan, qanoatlantirish rad etilgan, ko’rmay
qoldirilgan murojaatlarning soni, shuningdek murojaatlar bilan ishlashga bog’liq
bo’lgan boshqa ma’lumotlar nazarda tutilishi kerak.
Davlat
organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari har chorakda
murojaatlarni umumlashtiradi va tahlil qiladi.
Davlat
organlari murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish natijalariga ko’ra
ma’lumotnomalar (sharhlar) tuzadi, ularda murojaatlar bilan ishlashning umumiy
ko’rsatkichlari, murojaatlarda tez-tez ko’tarilgan masalalar, murojaatlarni ko’rib
chiqish yakunlari bo’yicha aniqlangan asosiy kamchiliklar va qoida buzarliklar,
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlari, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi
sabablarni bartaraf etish maqsadida ko’rilgan chora-tadbirlar aks ettiriladi.
Murojaatlarni
umumlashtirish va tahlil qilish natijalariga ko’ra tuzilgan ma’lumotnomalar
(sharhlar) tegishli davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.
6-bob. YAkunlovchi qoidalar
36-modda. Nizolarni hal etish
Jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlari sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda hal etiladi.
37-modda. Moddiy zararning o’rnini qoplash va
ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish
Jismoniy
yoki yuridik shaxsning arizasi, shikoyati ana shu murojaatlar bo’yicha qonunga
xilof qarorlar qabul qilgan davlat organi, tashkilot va ularning mansabdor
shaxslari tomonidan qanoatlantirilgan taqdirda, ariza yoki shikoyat berish va
uni ko’rib chiqish bilan bog’liq zararning o’rni, arizani, shikoyatni ko’rib chiqish
uchun tegishli davlat organining, tashkilotning, shuningdek ular mansabdor
shaxslarining talabiga ko’ra joylarga borish munosabati bilan qilingan
xarajatlarning hamda ana shu vaqt ichida yo’qotilgan ish haqining o’rni
murojaat etuvchiga sud tartibida qoplanadi. Sud tartibida ma’naviy ziyon ham
kompensatsiya qilinishi mumkin.
Jismoniy
yoki yuridik shaxsning arizasini yoxud shikoyatini ko’rib chiqishda qonun
talablari buzilganligi munosabati bilan unga yetkazilgan moddiy zararning o’rnini
qoplash va ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish sifatida davlat organi,
tashkilot tomonidan to’langan mablag’lar aybdor shaxsdan regress tartibida
undirib olinishi mumkin.
38-modda. Murojaatlar to’g’risidagi qonun hujjatlarini
buzganlik uchun javobgarlik
Murojaatlar
to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik, xuddi shuningdek tuhmat va haqoratdan
iborat murojaat berganlik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo’ladi.
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.