Bosh sahifa > Biz haqimizda > “Ishonch.uz” axborot-tahliliy portali saytida e’lon qilingan “ Rasmiyatchilikning chegarasi bormi?” maqolasiga munosabat

“Ishonch.uz” axborot-tahliliy portali saytida e’lon qilingan “ Rasmiyatchilikning chegarasi bormi?” maqolasiga munosabat


15-04-2022, 10:54. Muallif: info

"O‘zarxiv” agentligi tomonidan 2022 yil 14 aprel kuni "Ishonch.uz” axborot-tahliliy portali saytida e’lon qilingan " Rasmiyatchilikning chegarasi bormi?” maqolasiga quyidacha munosabat bildiradi. Saytda berilgan ma’lumotlar asossiz va arxiv ishiga doir qonunchilik bilan belgilangan normalarga zid hisoblanadi.
Birinchidan: Maqola kirish qismida "Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 noyabrdagi «Tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi davlat arxivlari o‘quv zallarida arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida»gi nizomga ko‘ra, arxiv hujjatlaridan foydalanish uchun ma’muriyatga ariza bilan murojaat qilish yoki xat taqdim etish zarurligi qayd etilgan.” deb noto‘g‘ri yozilgan . Sababi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 noyabrdagi «Tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori bilan "Tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti (https://lex.uz/docs/5090362) ” tasdiqlangan bo‘lib davlat arxivlarida ko‘rsatiladigan xizmatga umuman aloqasi yo‘q.
Ikkinchidan: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 dekabrdagi "Davlat arxivlari o‘quv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanishga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida "788-son qarori bilan tasdiqlangan "Davlat arxivlari o‘quv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanishga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti”( https://lex.uz/uz/docs/5799356 ) hamda maqolada qad etilgan Nizom (https://lex.uz/docs/5091297 )ga ko‘ra ruxsatnoma olish muddati 3 kun emas, balki davlat xizmatlari markazi yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat arxivi so‘rovnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab 1 ish kuni etib qat’iy belgilangan. Va har safar ruxsatnoma olinmaydi, bir marotaba olingan ruxsatnoma 1 bir yil davomida amal qiladi.
Uchinchidan: Davlat arxividan viloyat hokimi qarorini olish uchun viloyat davlat arxiviga yoki viloyat hokimiga murojaat etilmaydi (albatta davlat arxiviga topshirilgan hujjatlar bo‘yicha). O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 23 sentyabrdagi "Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 597-son qarori bilan tasdiqlangan 2-ilova Reglamentga (https://lex.uz/docs/5654569 ) ko‘ra mazkur xizmat davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat arxivlari tomonidan ko‘rsatiladi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdi hech qanday rasmiyatchilikka o‘rin yo‘q. Davlat arxivlari faoliyatida shaffoflikni ta’minlash, xizmatlar sifatini yaxshilash, tezkorlik bilan arxivlarga murojaat etuvchilarga xizmat ko‘rsatish maqsadida xizmatlar onlayn shaklga o‘tkazilgan.
Kelgusida davlat arxivlari faoliyatidan norozilik tug‘ilgan taqdirda "O‘zarxiv” agentligining yagona telefon raqamlari 55-50-301-50 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishni tavsiya etamiz.


Manba : "O'zarxiv" agentligi Axborot xizmati

Ortga qaytish