Bosh sahifa > Majlis, uchrashuv, seminarlar > Arxiv hujjatlarini fondlashtirish va ularning xatlovini takomillashtirish masalalari: muammo va yechimlari
Arxiv hujjatlarini fondlashtirish va ularning xatlovini takomillashtirish masalalari: muammo va yechimlari21-09-2014, 21:00. Muallif: info |
Arxiv hujjatlarini fondlashtirish va ularning xatlovini takomillashtirish masalalari: muammo va yechimlari Navoiy viloyatiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O’zarxiv” agentligi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlarning arxiv ishi boshqarmalaridan kelgan "O’zarxiv”agentligining 2014 yil I-chorak yakunlariga bag’ishlangan kengaytirilgan Hay’at yig’ilishi hamda Respublika arxivchilarining amaliy seminari ishtirokchilariga 25 aprel kuni Navoiy viloyat davlat arxivining binosi va faoliyati bilan tanishtirildi. Bino o’zida 300 ming saqlov birligidagi hujjatlarni saqlash sig’imiga ega bo’lib, unda Navoiy viloyati arxiv ishi boshqarmasi va viloyat davlat arxivi faoliyat yuritib kelmoqda. Ma’muriy bino zamonaviy, barcha qulayliklarga ega tarzda qurilgan bo’lib, binoda har bir xodim uchun alohida xona, majlislar zali, kutubxona, tadqiqotchilar uchun ishlash xonalari, hujjatxonalar va ularga to’liq metall javonlar, hujjatlarga ilmiy-texnikaviy ishlov berish xonalari, fuqarolarni qabul qilish va ma’lumotlarni berish xonalari hamda boshqa qator qulayliklar yaratilgan.
Shundan so’ng, viloyatning Navoiy shahridagi "Yoshlar markazi”ning majlislar zalida "O’zarxiv” agentligining "Arxiv hujjatlarini fondlashtirish va ularning xatlovini takomillashtirish masalalari: muammo va yechimlari" mavzusidagi ilmiy amaliy seminari ish boshladi. Ortga qaytish |