Bosh sahifa > Majlis, uchrashuv, seminarlar > “Mahallabay” ishlash tizimida aholining muammolari yechim topmoqda

“Mahallabay” ishlash tizimida aholining muammolari yechim topmoqda


22-04-2021, 13:00. Muallif: info
     Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha tizim – mahallabay va fuqarobay asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish kabi masalalarga alohida e'tibor qaratilmoqda.
     "Oʻzarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan "Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshligʻining 2021-yilning I yarim yilligida shahar va tuman arxivlarida jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvali”ga muvofiq, 2021 yil 21 aprel kuni Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i S.Bekovaning Zarafshon shahrida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari bilan sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.
     Sayyor qabul "Mahallabay” ishlash tizimida shahardagi "Alisher Navoiy” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi aholining muammolarini o‘rganish maqsadida budjetdan tashqari pensiya Jamg‘armasi boshlig‘i o‘rinbosari R.Ziyadullayev, Mehnat inspeksiyasi boshlig‘i N.Jo‘rayev va Adliya bo‘limi boshlig‘i O.Sultonovlar ishtirokida tashkil etildi.
     Muammolariga yechim izlab kelgan mahalla aholisi va shahar tashkilotlarining yuridik shaxslarining murojaatlari o‘rganilib chiqildi, ularga arxiv ishi va ish yuritish sohasida yuridik maslahatlar berildi hamda murojaatlar hududdagi mutasaddi rahbarlarga yetkazilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.




Ortga qaytish