celebration
9-iyun - Xalqaro arxivlar kuni
/ / / “Mahallabay” ishlash tizimida aholi muammolari joyida o'z yechimini topmoqda

“Mahallabay” ishlash tizimida aholi muammolari joyida o'z yechimini topmoqda

Avval ta'kidlanganimizdek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha tizim – mahallabay va fuqarobay asosida xalq bilan muloqot qilishni tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish kabi masalalarga alohida e'tibor qaratilmoqda.
"Oʻzarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan "Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshligʻining 2021-yilning I yarim yilligida shahar va tuman arxivlarida jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvali”ga muvofiq, 2021 yil 25 may kuni Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i S.Bekovaning Qiziltepa tumani Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yig'inida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari bilan sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.Sayyor qabul "Mahallabay” ishlash tizimida tumandagi "Alisher Navoiy” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi aholining muammolarini o‘rganish maqsadida Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi boshlig‘i o‘rinbosari, Davlat xizmatlari markazi mas'ullari ishtirokida tashkil etildi.
Muammolariga yechim izlab kelgan mahalla aholisi va tuman tashkilotlarining yuridik shaxslarining murojaatlari o‘rganilib chiqildi, ularga arxiv ishi va ish yuritish sohasida yuridik maslahatlar berildi hamda murojaatlar hududdagi mutasaddi rahbarlarga yetkazilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!