celebration
9-iyun - Xalqaro arxivlar kuni
/ / / Sarmishsoy — tabiiy madaniy tamaddun

Sarmishsoy — tabiiy madaniy tamaddun

 

Sarmishsoy — tabiiy madaniy tamaddun

Joriy yilning 18 noyabr kuni Navoiy viloyatidagi Sarmishsoy tarixiy-madaniy tabiiy majmuida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo’mitasi va Ekoharakat deputatlar guruhi tomonidan O’zbekiston ekologik harakati, Navoiy viloyat hokimligi bilan hamkorlikda “Sarmishsoy tabiiy madaniy meros majmuasini boshqarish hamda muhofaza qilish masalalari” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, ”O’zbekturizm” milliy kompaniyasi, “Ergeodezkadastr” davlat qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi huzuridagi Arxeologiya instituti, Fuqarolik jamiyatini shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti mutaxassislari, Ekoharakat xodimlari va faollari, Navoiy viloyat hokimlmgm mutasaddilari, ekspertlar hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Davra suhbatida ta’kidlanganidek, istiqlol yillarida milliy qadriyatlarimizni tiklash, xalqimizning boy va o’ziga xos tarixini hamda madaniyatini tub mohiyatini anglash, chuqur o’rganish va tahlil qilish hamda uni keng targ’ib qilishga qaratilgan ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

 YUrtimizning barcha go’shalarida ajdodlarimizntng mehr qo’ri, yaratuvchilik qobiliyati va mehnatkash qo’llari bilan yaratilgan bunyodkorlik ishlari natijasi sifatida shakllangan avlodlarga yodkorlik sifatida mehnat qilayotgan va muhofazaga olingan turli-tuman inshootlar, tarixiy obidalar, tarixiy madaniyat va ma’naviyatimizning asosi sifatida xizmat qiluvchi qo’lyozmalar va boshqalarni ko’plab uchratish mumkin. Binobarin, qadimdan yuksak madaniyati va ilm-fani, me’moriy obidalari bilan dunyo ahlini hayratga solib kelgan yurtimiz istiqlol sharofati bilan zamonaviy sayyohlik markaziga aylandi.Mamlakatimiz hududida turli davr va sivilizatsiyaga xos bo’lgan to’rt mingdan ortiq qadimiy me’moriy san’at yodgorliklari mavjud. E’tiborli jihati shundaki, ushbu obidalarning 140 tasi YUNESKOning “Butunjahon madaniy meros ob’ektlari ro’yxati”ga kiritilgan. Ana shu boy madaniy-tarixiy merosimiz, mangulikka dahldor ko’hna shaharlarimizdagi noyob me’moriy obidalar, shuningdek, hududlarimizda yildan-yilga takomillashib borayotgan zamonaviy infratuzilma O’zbekistonning xalqaro sayyohlik bozoridagi yuksak salohiyatdan dalolat beradi.

Ma’lumki, O’zbekiston dunyo turistik bozoridagi o’rnini mustahkamlash maqsadida ichki turizmni rivojlantirish istiqbollari belgilab olingan. Bugungi kunda mazkur yo’nalishlardan biri sifatida ko’p ming yillik boy va bebaho tarixiy, madaniy va ma’naviy merosimizni jahon hamjamiyatiga tanishtirish, sayyohlarga xizmat ko’rsatish sifatini jahon standartlari darajasida tashkil etishga qaratilgan tizimli va maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Tadbirda sohaning huquqiy bazasi takomillashtirilib borilayotgani, jumladan “Turizm to’g’risida”gi O’zbekiston Respubllikasi Qonuni asosida 30 dan ortiq konunosti hujjatlar qabul qilingani, sohada 50 ga yaqin xalqaro, 44ta hududiy va 20 dan ortik agentlik shartnomalari amal qilayotgani e’tirof etildi.

Ma’lumot o’rnida qayd etish joizki, Xalqaro tabiiy va madaniy  merosini muhofaza qilish Konvensiyasi YUNESKO tomonidan 1972 yilda qabul qilingan (1975 yildan kuchga kirgan). Bugungi kunda mazkur Konvensiyani dunyonining 190 dan ortiq mamlakat, shu jumladn O’zbekiston ham   (1995 yil 22 dekabr) ratifikatsiya qilgan. Bu xalqaro hujjatning asosiy maqsadi tabiiy va tarixiy jihatdai noyob bo’lgan majmualarni saqlash va ularni ommalashtirishdan iborat. 2016 yilgi kunga kelib Xalqaro madaniy merosini muhofaza qilish ro’yxatiga 163 ta mamlakatda joylashgan 1031 ta ob’ekt, jumladan 802 ta madaniy, 197 ta tabiiy  va 32 ta aralash ob’ektlar kiritilgan.

Qayd etish joizki, yurtimizning go’zal tabiati doimo dunyo xamjamiyati e’tiborini tortib kelgan. Xususan, Navoiy viloyati xududidagi Qoratog’ning yon bag’rida joylashgan Sarmishsoy tabiiy arxeologik majmua qo’riqxonasi ham ana shunday hududlardan biridir.

Sarmishsoy — O’zbekiston xududidagi eng ko’p va beqiyos qoyatosh rasmlarini (petrogliflar) saqlab qolgan vodiydir. Tadqiqotlarga ko’ra, bundan 5-7 ming yil ilgari Sarmishsoyda yashagan ajdolarimiz tomonidan hayvonlarni xonakilashtirish ishlari olib borilgan va bu qoyatosh suratlarida aks etgan. Sarmishsoy darasi va uning atrofidagi 2.5 km.gacha cho’zilgan bu qoyatoshlarda 7000dan ortiq petrogliflar borligi aniqlangan. “Ochiq osmon ostidagi muzey” dan e’tirof etuvchi majmua durdonalari miloddai avvalgi 4-1ming yillikka va milodiy I-VII asrlarga mansub bo’lgan rasmlar qoyalarga bronza, temir  va tosh yordamida sxematik, kontur, soya va naqshdor uslublarda e’tiborlisi, ularning ba’zilari yomg’ir yoqqanda ko’rinsa, ayrimlari quyosh tik tushganda paydo bo’ladi. SHunday suratlar ham borki, uni ko’zingiz yorug’lik qiya  tushganda yoki soyada ilg’aydi.

E’tirof etish joizki, “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga mos keladigan tabiiy obektlarni saqlash, ishlab chiqish  va qayta tiklashni ta’minlaydigan qo’riqlash va qo’llash tartibini tashkil qilish choralarni amalga oshirish belgilangan.

Mamlakatimizda tarixiy, madaniy merosimizni asrab avaylash, qayta tiklash bo’yicha olib borilayotgan islohotlarning samarasi o’laroq  2004 – 2012 yillar davomida O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi huzuridagi Arxeologiya institutining mutaxassis olimlari Sarmishsoy madaniy yodgorliklarini o’rganish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishgan.

2004 yil 23 sentyabrda Navoiy viloyati hokimining 193-sonli “Sarmishsoy tabiiy-arxeologik majmua muzeyi qo’riqxonasini tashkil etish, muzey muhofaza zonasini belgilash va foydapanishni tartibga solish to’g’risida”gi qarori qabul qilingan. Qarorga muvofiq uning umumiy maydoni 5000 gektarni tashkil etadi.

Davra suhbati ishtirokchilari tomonidan dunyoda keyingi yillarda turizmga bo’lgan qiziqish ortib borayotganligi, jumladan “Sarmishsoy tabiiy-arxeologik majmua muzeyi qo’riqxonasini tashkil etish, muzey muxofaza zonasini belgilash va foydalanishni tartibga solishga qaratilgan choralarni ko’rilayotganligi alohida ta’kidlandi.

Afsuski qayd etilgan holatlar Sarmishsoyda ayni paytda atrof-muhit  muhofazasi bilan bog’liq faoliyatining talab darajasida emasligidan dalolat beradi. SHy sababli hududni butunligicha asrab avaylash va kelajak avlodllarga  meros sifatida qoldirish uchun unga mavjud qonunchilikka asosan muhofaza  etiladigan hudud maqomini berish, toshlardagi suratlar bilan bir qatorda hudud tabiatini muhofaza qilishga qaratilgan aniq rejalar ishlab chiqish va uni amalga oshirish ustidan nazoratni tashkil etish, daraga kirish va odamlarning dam olish joylarida, uning chegaralari, vazifasi, odamdarmning bu hududda taqiqlab ko’yilgan faoliyatlari va boshqalar to’g’risida tegishli ma’lumotlar bayon etilgan yo’riqnomalarni bir necha joyda tashkil etish va unga amal qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish, soy va uning atrofida chorva mollari boqilishida muayyan tartibni joriy etish, cho’ponlar tomonidan buloqlardagi suvning tabiiy oqish rejimining buzilishiga yo’l qo’ymaslik, qurilish materiali va boshqa maqsadlarda toshlarni tashib ketilishining oldini olish bugungi kunning muhim vazifalaridan sanaladi.

Ta’kidlash lozimki, Sarmishsoy O’zbekiston hududidagi eng ko’p beqiyos qoyatosh rasmlarini saqlab qolayotgan vodiydir. Bu noyoblik Sarmishsoyning dunyo miqyosidagi yodgorliklar qatoriga qo’shadi va uning ahamiyatini oshiradi.

Sarmishsoyning tabiiy ko’rinishi va uning petrogliflarini, boshqa arxeologik yodgorliklarni saqlab qolish, davlatimizning va jamiyat oldidagi umumiy masalalardan biri hisoblanadi.Sarmishsoy tabiiy madaniy me’ros majmuasini muhofaza qilish va boshqarishni rivojlantirish uchun hali foydalanilmayotgan imkoniyatlar ham mavjudligi tahlil qilindi.Sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimlari atroflicha muhokama etildi.

Tadbir yakunida muhokama etilgan masalalar yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!