Bosh sahifa > Ommaviy tadbirlar > Boshqarma va uning tizimidagi arxiv muassasalarida umumxalq hayriya hashari o’tkazildi.

Boshqarma va uning tizimidagi arxiv muassasalarida umumxalq hayriya hashari o’tkazildi.


23-08-2016, 12:14. Muallif: info

Eng ulug’ va aziz bayram mustaqilligimizning 25 yilligini munosib kutub olish yuzasidan Boshqarma va uning tizimidagi arxiv muassasalarida umumxalq hayriya hashari o’tkazildi.

 

Navoiy viloyati arxiv ishi hududdiy boshqarma va uning tizimidagi arxiv muassasalarida Eng ulug’ va aziz bayram mustaqilligimizning 25 yilligini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko’rish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo’lgan o’zaro mehr-oqibat va hamjixatlikni yanada kuchaytirish, beg’araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, mahallalar, aholining turar joylarini obodonlashtirish, respublikaning barcha hududlarida sanitariya holatini yaxshilash maqsadida Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining 2016 yil 16 avgustdagi 48-son buyrug’i chiqarilib, 2016 yil avgust oyid obodonlashtirish va tozalik oyligi hamda 20-21 avgust kunlari umumxalq hayriya hasharini uyushqoqlik bilan o’tkazildi. Xususan:

-arxiv binolarining ta’mirtalab qismlari ta’mirlandi, devorlar va daraxtlarga shakl berilib oqlandi;

- arxiv binolarining yon atroflaridagi yer maydonlariga ishlov berildi, yerlar ag’darildi va daraxtlar taglari yumshatildi;

- qarovsiz yotgan yerlarga ko’chatlar va gullar ekish va boshqa obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi;

- ekilgan daraxt ko’chatlari, gulzorlarni mavsum davomida parvarishlash, sug’orish, issiq kunlardan saqlash, zararkunandalardan himoya qilish, shakl berish kabi agrotexnik tadbirlar rejasi ishlab chiqildi;

- arxivlarning ichki hududi va yon atrofi zonalarga ajratildi va ularga ekilgan daraxtlar va gulzorlarni mavsum davomida parvarishlash, sug’orish, issiq kunlarda saqlash, shakl berib borish yuzasidan xodimlar mas’ul etib biriktirildi.

- umumxalq hayriya hashari munosabati bilan boshqarma hamda uning tizimidagi arxiv muassasalarining 90 ga yaqin xodimlari ishtirok etishdi va xodimlarining bir kunlik ish haqi miqdoridagi mablag’lari "Mahalla” hayriya jamoat fondi Navoiy viloyat bo’limi hamda uning joylardagi tuman, shahar bo’limlari hisob raqamlariga ko’chirib berilmoqda.


Ortga qaytish