celebration
9-iyun - Xalqaro arxivlar kuni
/ / / "Navro'z" umumxalq bayramini munosib kutub olish va umumxalq hayriya hashari

"Navro'z" umumxalq bayramini munosib kutub olish va umumxalq hayriya hashari

"Navro'z" umumxalq bayramini munosib kutub olish va umumxalq hayriya hashariNavoiy viloyati arxiv ishi hududdiy boshqarma va uning tizimidagi arxiv muassasalarida "Navro’z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko’rish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo’lgan o’zaro mehr-oqibat va hamjixatlikni yanada kuchaytirish, beg’araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, mahallalar, aholining turar joylarini obodonlashtirish, respublikaning barcha hududlarida sanitariya holatini yaxshilash hamda Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 10 martdagi 33-son yig’ilish bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining 2015 yil 12 martdagi 18-son buyrug’i chiqarilib, 2015 yil mart-aprel oylarida obodonlashtirish va tozalik oyligi hamda 14-15 mart kunlari umumxalq hayriya hasharini uyushqoqlik bilan o’tkazildi. Xususan:

-arxiv binolarining ta’mirtalab qismlari ta’mirlandi, devorlar va daraxtlarga shakl berilib oqlandi;

- arxiv binolarining yon atroflaridagi yer maydonlariga ishlov berildi, yerlar ag’darildi va daraxtlar taglari yumshatildi;

- qarovsiz yotgan yerlarga ko’chatlar va gullar ekish va boshqa obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi;

- ekilgan daraxt ko’chatlari, gulzorlarni mavsum davomida parvarishlash, sug’orish, issiq kunlardan saqlash, zararkunandalardan himoya qilish, shakl berish kabi agrotexnik tadbirlar rejasi ishlab chiqildi;

- arxivlarning ichki hududi va yon atrofi zonalarga ajratildi va ularga ekilgan daraxtlar va gulzorlarni mavsum davomida parvarishlash, sug’orish, issiq kunlarda saqlash, shakl berib borish yuzasidan xodimlar mas’ul etib biriktirildi.

- umumxalq hayriya hashari munosabati bilan boshqarma hamda uning tizimidagi arxiv muassasalarining 78 nafar xodimlari ishtirok etishdi va xodimlarining bir kunlik ish haqi miqdoridagi mablag’lari "Mahalla” hayriya jamoat fondi Navoiy viloyat bo’limi hamda uning joylardagi tuman, shahar bo’limlari hisob raqamlariga ko’chirib berilmoqda.


Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!