Bosh sahifa > Yangiliklar > 2015 yil I-yarim yilligi yakunlariga bag’ishlangan kengytirilgan Direksiya yig’ilishi o’tkazildi
2015 yil I-yarim yilligi yakunlariga bag’ishlangan kengytirilgan Direksiya yig’ilishi o’tkazildi12-10-2015, 16:16. Muallif: info |
Joriy yil 31 iyulda Navoiy viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxiv muassasalarining 2015 yil I-yarim yilligida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga bag’ishlangan kengytirilgan Direksiya yig’ilishi o’tkazildi.
Direksiya yig’ilishida Navoiy viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasining Direksiya a’zolari, viloyat arxiv muassasalari rahbarlari va mas’ul arxiv xodimlari ishtirok etdilar. Yig’ilishda - Navoiy viloyati arxiv ishi boshqarmasi tizimidagi arxiv muassasalarining 2015 yil I-yarim yilligida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va arxiv muassasalari tomonidan joriy yilda arxiv ishi va ish yuritish sohasini barqaror rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari amalga oshirilishini so’zsiz ta’minlash choralari to’g’risida. -“O’zarxiv” agentligining 2015 yil I-yarim yilligi yakunlariga bag’ishlangan kengaytirilgan Hay’at yig’ilishida ko’rilgan masalalar to’g’risida”gi; - Viloyat arxiv muassasalarida korrupsion illatlarning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirish to’g’risida.; -“Arxiv muassasalarida fondlashtirish ishlarining borishi to’g’risida”gi masalalar yuzasidan berilgan ma’lumotlar va bildirilgan fikr-mulohazalar muhokamasi asosida tegishli qarorlar qabul qilindi. -“Arxiv muassasalarida ijro intizomining ahvoli to’g’risida”gi masalalar yuzasidan berilgan ma’lumotlar va bildirilgan fikr-mulohazalar muhokamasi asosida tegishli qarorlar qabul qilindi. Ortga qaytish |