Bosh sahifa > Yangiliklar > 2015 yil I-choragi yakuniga bag’ishlangan direksiya yig’ilishi

2015 yil I-choragi yakuniga bag’ishlangan direksiya yig’ilishi


21-05-2015, 09:54. Muallif: info

Joriy yil 8 mayda Navoiy viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasida Boshqarma tizimidagi arxiv muassasalarining

2015 yil  I-choragida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga bag’ishlangan kengytirilgan

Direksiya yig’ilishi o’tkazildi.

 

Direksiya yig’ilishida Navoiy viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasining Direksiya a’zolari, viloyat arxiv muassasalari rahbarlari va mas’ul arxiv xodimlari ishtirok etdilar.

Yig’ilishda quyidagi masalalar ko’rib chiqildi

– Navoiy viloyati arxiv ishi boshqarmasi tizimidagi arxiv muassasalarining 2015 yil I-choragida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va arxiv muassasalari tomonidan joriy yilda arxiv ishi va ish yuritish sohasini barqaror rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari amalga oshirilishini so’zsiz ta’minlash choralari to’g’risida;

– "O’zarxiv” agentligining 2015 yil I-choragi yakunlariga bag’ishlangan kengaytirilgan Hay’at yig’ilishida ko’rilgan masalalar to’g’risida”gi;

– Viloyat davlat arxivida ijro intizomi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, shu jumladan, yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan kelib tushgan so’rovlar ijrosini o’rganish natijalari to’g’risida;

– Arxiv muassasalarida ijro intizomining ahvoli to’g’risida;

–Arxiv muassasalarida fondlashtirish ishlarining borishi to’g’risidagi masalalar yuzasidan berilgan ma’lumotlar va bildirilgan fikr-mulohazalar muhokamasi asosida tegishli qarorlar qabul qilindi.

Кўрсаткич


Ortga qaytish