Bosh sahifa > Yangiliklar > Mahallalarda aholining muammolari o'rganilmoqda

Mahallalarda aholining muammolari o'rganilmoqda


19-03-2021, 14:48. Muallif: info

Avval xabar berilganidek, bugun 19-mart kuni "Oʻzarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan"Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshligʻining 2021-yilning I yarim yilligida shahar va tuman arxivlarida jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvali”ga muvofiq, Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i S.Bekovaning Navbahor tumanida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari bilan sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.

Sayyor qabul tumandagi Yuqori Beshrabot mahalla fuqarolar yig‘inida Navbahor tumani Adliya boʻlimi, Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi va Madad nodavlat notijorat tashkiloti mutasaddi xodimlari ham ishtirok etdi.

Qabuldadastlab tuman aholisini qiynab kelayotgan muammolari eshitilib, mazkur muammoli masalalar mutasaddilar tomonidan atroflicha tahlil qilindi hamda muhokama jarayonida vakolatlari doirasida yechimi bor masalalar hal etildi hamda tegishli huquqiy tafsiyalar berildi.

Shu bilan bir qatorda aholining huquqiy ongini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari yuzasidan tushuntirish berildi.

Savollarga berilgan javoblar va tafsiyalar yuzasidan fuqarolar oʻz minnatdorchiligini bildirishdi.

Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi Axborot xizmati








Ortga qaytish