Bosh sahifa > Yangiliklar > Davlat tiliga e’tibor.

Davlat tiliga e’tibor.


14-05-2020, 15:12. Muallif: info

Tilimizga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi arafasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktyabrdagi "O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5850-son Farmoni bilan O‘zbekistonda 21-oktyabr "O‘zbek tili bayrami kuni” sifatida nishonlanishi belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida”gi qonunining 8-moddasida "O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va eʼlon qilinadi” deyilgan. SHu munosabat bilan Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan "O’zarxiv” agentligining 2020 yil 15 apreldagi "O’zarxiv” agentligi tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil etish choralari to’g’risida”gi 84-son buyrug’ini ijrosini ta’minlash maqsadida chora-tadbirlar belgilab olinib ijroga yo’naltirildi.

Bugungi kunda arxiv muassasalari tomonidan saqlovga olinayotgan hujjatlarda geografik ob’ektlarning nomlari bilan bog’liq holatlar, tashkilotlarda ish yuritish jarayonida shakllanayotgan hujjatlar o’rganilib, ularning davlat tilida yozilishiga ahamiyat berilmoqda. Bu esa geografik obyektlarning nomlarini O‘zbekiston Respublikasi xalqlari tarixiy va madaniy merosining tarkibiy qismi sifatida to‘g‘ri qo‘llash hamda saqlash uchun muhim ahamiyatga ega.


Ortga qaytish