Bosh sahifa > Yangiliklar > 9 iyun – “Xalqaro arxivlar kuni” hamda 15 iyun “Arxiv ishi to’g’risida”gi Qonun qabul qilingan kun.
9 iyun – “Xalqaro arxivlar kuni” hamda 15 iyun “Arxiv ishi to’g’risida”gi Qonun qabul qilingan kun.13-06-2018, 19:06. Muallif: info |
9 iyun – "Xalqaro arxivlar kuni” hamda 15 iyun "Arxiv ishi to’g’risida”gi Qonun qabul qilingan kun. Navoiy viloyati davlat arxivi binosida 9 iyun – "Xalqaro
arxivlar kuni” hamda 15 iyun "Arxiv ishi to’g’risida”gi Qonun qabul qilingan kuniga
bag’ishlangan bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbir doirasida bir qator soha vakillari
samarali va fidoiy mehnati, tashabbuskorligi, arxiv ishi rivojiga qo’shgan salmoqli
hissasi, ijtimoiy siyosiy hayotdagi faol ishtiroki uchun Navoiy viloyati arxiv ishi
hududiy boshqarmasi boshlig’ining "Faxriy yorlig’i” hamda "Tashakkurnomasi” bilan
taqdirlandi.
Shuningdek tadbirga mehnat faxriylari ham taklif etilib, ularga esdalik sovg’alari topshirildi. Ular bugungi kunda arxiv sohasiga qaratilgan yuksak e’tiborni ta’kidlagan holda, soha vakillarini ushbu kun bilan tabrikladilar. Ortga qaytish |