Bosh sahifa > Yangiliklar > Baxtimiz qomusi Konstitutsiyaning arxiv sohasidagi mohiyati

Baxtimiz qomusi Konstitutsiyaning arxiv sohasidagi mohiyati


4-12-2017, 13:00. Muallif: info


    O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mustaqil vatinimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun emin erkin yashash, jo’shib mehnat qilish, ijod etish, umuman, kishining o’zligini, salohiyatini namoyish etish uchun barcha huquqiy shart-sharoitlar yaratgan. Qomusimizning 49-moddasida "Fuqarolar O’zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir” deya qayd qilinganligi arxiv xodimlarini o’z kasbiga sidqidildan yondashish va vatanimiz tarixini aks ettiruvchi tarix hujjatlarini avaylab asrab saqlashdek sharafli vazifamizni o’tashga xizmat qilmoqda. Arxiv xodimlari, barcha fuqarolar kabi qomusimizning har bir moddasi va bandiga itoat etgan holda vatanimiz ravnaqi va taraqqiyoti uchun o’z hissasini qushib kelmoqda. Mustaqilligimiz poydevori bo’lgan Konstitutsiyamizning joriy yil 25 yilligi nishonlanish arafasida. Ushbu bayramni arxiv sohasida mehnat qilayotgan arxivchilar ham ko’tarinki ruhda nishonlash tayyorgarligida.

     2017 yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb nomlanishi xalq davlat uchun emas davlatimiz xalq uchun hizmat qilishi kerak degan ezgu g’oyanining surilishi, xalqimizning davlatga ishonchi ortishi bilan bir qatorda shunday katta e’tibor qaratayotgan davlatimizga chin yurakdan xizmat qilishi uchun fidoiylikni oshirdi desak mubolag’a bo’lmas. Shu qatorda arxivchilar ham xalqimiz xizmatida bo’lib kelmoqda, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o’z vaqtida bajarib fuqarolarga xizmat qilish va roziligini olish uchun bor kuch g’ayrati bilan mehnat qilib kelmoqdalar. Buning barchasi davlatimiz tomonidan qaratilayotgan katta e’tibordir. Tinchligimiz, farovon turmush tarzimiz va qalbimiz xotirjamligi uchun shukrona aytamiz. Bu bebaho ne’matlarni bizga istiqlol berdi. Asosiy Qomusimiz esa baxtimiz poydevoridir.

Konimex tumani davlat arxivi direktori N.Batirov.


Ortga qaytish