Bosh sahifa > Yangiliklar > “Hududlardagi davlat arxivlarida fondlashtirish va qayta fondlashtirish hamda Respublika fond katalogi va Davlat katalogiga ma’lumot kiritish” mavzusida seminar trening o‘tkazildi.

“Hududlardagi davlat arxivlarida fondlashtirish va qayta fondlashtirish hamda Respublika fond katalogi va Davlat katalogiga ma’lumot kiritish” mavzusida seminar trening o‘tkazildi.


10-05-2016, 19:36. Muallif: info

 

“O‘zarxiv” agentligining 2016 yil 22 apreldagi 4-AF-son farmoyishiga asosan Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxiv muassasalarida ishlar namunali yo’lga qo’yilgan bo’lib, ularning amaliyotini Respublikaning barcha davlat arxivlarida keng qamrovli va samarali joriy etish, fondlashtirish va qayta fondlashtirish ishlarini yagona tartibda sifatli olib borish, fondlardagi o’zgarishlarini fond kartochkalarda to’g’ri aks ettirish va Respublikada fond katalogi hamda davlat katalogiga aniq ma’lumotlar kiritishni ta’minlash yuzasidan  2016 yilning 5-6 may kunlari Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida “Hududlardagi davlat arxivlarida fondlashtirish va qayta fondlashtirish hamda Respublika fond katalogi va Davlat katalogiga ma’lumot kiritish” mavzusida seminar trening bo`lib o`tdi. Seminar-treningda Surxondaryo, Samarqand, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlaridan 80ga yaqin rahbar va mutaxassislar qatnashib o’zlarini qiziqtirgan muammoli savollari yuzasidan tegishli tafsiyalar olishdilar.


Ortga qaytish