celebration
9 iyun - Xalqaro arxivlar kuni
/ / #G’alaba75 #Pobeda75

#G’alaba75 #Pobeda75

#G’alaba75 #Pobeda75Xomitov Shukur 1919 yil 11 may kuni Qiziltepa tumani Oqrabot qishlog’ida tavalludtopgan.

Sh.Xomitov 1939 yil Qizilarmiya safiga harbiy xizmatni o’tash uchun Moskva shahriga borgan va1941 yil harbiy xizmatdan qaytish arafasida Ikkinchi jahon urushi boshlangan.U nemis fashistlariga qarshi Latviya, Litva,Estoniya davlatlarni ozod etishda o’z hissasini qo’shgan. 1945 yil urush tugagandan keyin ona vataniga qaytib keladi.

"Qizil yulduz”orderi, G’alabanining,65,70 yilligi medallari bilan takdirlangan.

Xomidov SHukur urushdan so’ng bir qator medallar va ordenlar bilan mukofotlangan.

"Qizil yulduz” ordeni;

"1941-1945 yillardagi urushda fashizm ustidan qozonilgan g’alabaning 50 yilligi”;

"1941-1945 yillardagi Ulug’ Vatan urushidagi g’alabaning65 yilligi”;

"1941-1945 yillardagi urushda fashizm ustidan qozonilgan g’alabaning 70yilligi”.

1994 yil birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan"JASORAT” medali bilan taqdirlangan.

Xomidov Shukur 34 yil mobaynida qishloq xo’jaligi sohasida turli lavozimlarga ishlab nafaqaga chiqqan.

Hozirgi kunda SHukur bobo 101 yoshda bo’lib 92 nafar nabira va evaralarning faxrli bobosi hisoblanadi.

Qiziltepa tumani davlat arxiv xodimlari Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g’alabaning 75 yilligi arafasida Shukur boboning xonadoniga tashrif buyurib uning holidan xabar oldilar.

Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati.

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!