celebration
9 iyun - Xalqaro arxivlar kuni
/ / #G’alaba75 #Pobeda75

#G’alaba75 #Pobeda75

#G’alaba75 #Pobeda75

#G’alaba75 #Pobeda75

G’aybullayev Rahmon1916 yil etikdo’z usta G’aybulla xonadonida tug’ildi. R.G’aybullayev vaqti kelib "Gaydar Nikolay” nomi bilan mashhur bo’lishini kim ham xayoliga keltiribdi deysiz. Lekin rosti bo’lgan gap. Bunga sabab mana bunday bo’lgan edi.

Otasining hunarini davom ettiribetikdo’zlik kasbini ajabtovur egallagan. Rahmon G’aybullayev 1939 yilda Qizil armiya safiga chaqiriladi. U Belorussiyaning Polsha bilan chegaradosh bo’lgan Belostok shahrida artilleriya qismida otboqar bo’lib xizmat boshlaydi. CHunki, o’sha paytlarda artilleriya qurollari asosan otlar kuchi bilan bir joydan ikkinchi joyga ko’chirilar edi. Oradan bir necha oy o’tadi. SHu orada fin urushi boshlanadi. R. G’aybullayev xizmat qilayotgan polk ham urushga safarbar etiladi. Lekin Finlyandaga yetib bormasdanoq urush tugaydi va Pototsk shahrida o’z xizmatini davom ettira boshlaydi. Ulug’ Vatan urushi boshlanganda R.G’aybullayev xizmat qilayotgan harbiy qism Belorussiyadagi yozgi harbiy lagerdan birida joylashgan edi. Urush xabari bilan polk oyoqqa turdi. Bir qismsoldatlar jangga safarbar etilib, bir qismiesa polk mulki va anjomlarini qo’riqlashuchun qoldiriladi. Ularning ortidan ma’lum bir muddatdan keyin mashina kelishi lozim edi. Ertasi kuni mashinalarning bir qismikelib ofitserlarning oilalarini, zaruriy o’q dorilarni tashiy boshladi. Lekin bir necha kundan keyin hali tashilishi lozim bo’lgan narsalar ancha – muncha bo’lishiga qaramasdan mashinalar qayta kelmadi. Postdagi askarlar ham almashtirilmasdan qolaverdi. SHundagina ular dushman qo’shini halqasi ichida qolganligini, asir tushish ehtimoli borligini tushunib yetdilar. Fursat qo’ldan berilmasdan dushman qo’liga tushishi mumkin bo’lgan barcha vositalar yo’qotilib, vzvod tunda yorib o’tish uchun yo’lga chiqdi. Nemis qo’shinlari tomonidan bosib olingan qishloqlardan ming bir mashaqat bilan o’tilib, Belorussiya o’rmonlarida tarkib topgan SHchors nomli partizanlar brigadasiga duch kelishdi. Rahmon G’aybullayev ham mana shu brigadada 1944 yilgacha qarshi zarba ko’rsatishda faol ishtiroketdi.

R.G’aybullayev otryaddaTatyana ismli qiz bilan tanishadi. Tatyanao’zbekchani hamda o’zbekcha ismlarniyaxshi bilmaganligi uchun Rahmon boboniGaydar Nikolay deb atay boshlaydi. SHu –shu butun otryad uni Gaydar Nikolay nomi bilan taniydi.

1944 yilda partizanlar otryadi Qizil armiya qo’shinlari bilan birikadi. R.G’aybullayev yana artileriya polkida ona Vatan oldidagi burchini sharaf bilan o’tay boshlaydi.

Rahmon G’aybullayev Ulug’ Vatan urushi yillarida ko’rsatgan jasoratini, tinch mehnat faoliyati yillaridagi zahmatli mehnatlarniaks ettiruvchi o’nlab hujjatlar mavjud. Bu hujjatlar Rahmon ota G’aybullayevning bosib o’tgan yo’li mashaqqatli, ayni paytlarda sharafli bo’lganligidan dalolat beradi.

Hujjat Nurota tumani davlat arxivida G’aybullayev Rahmonning shaxsiy kelib chiqish fondida saqlanmoqda. Fond-112, R-1, yig’ma jild-3, 8.

Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati.


Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!