/ / 100 yoshingiz muborak!

100 yoshingiz muborak!

100 yoshingiz muborak!Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi arxiv muassasalari xodimlari O’zbekistonda arxiv tizimi tashkil topganligining 100 yilligi arafasida 100 yoshga to’lgan Qiziltepa tumani, Varozun mahallasi, Varozun qishlog’ida yashovchi Uroqova Muharram ayaning xonadoniga tashrif buyurdilar. M.Uroqova bir asrlik hayoti davomida 8 nafar farzandni voyaga yetkazgan bo’lib, bugungi kunda 28 nafar nabiralarning va 100 dan ortiq chevara-evaralarning sevimli buvisi hamdir. Viloyat arxiv muassasalari xodimlari Muharram ayani ushbu qutlug’ yosh bilan muborokbod etib, esdalik sovg’alarini topshirdilar.

Muharram aya o’zining bir asrlik hayotidagi ibratli xotiralarni yoshlar bilan o’rtoqlashdi hamda suhbat yakunida viloyat arxiv xodimlariga o’z minnatdorchiligini bildirib, sohani yanada ravnaq topishini so’rab duolar o’qidi.100 yoshingiz muborak!
100 yoshingiz muborak!
100 yoshingiz muborak!

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!